MAVZU: 1800-1870-YILLARDA HINDISTON Dars shiori: «Ilm o'rganish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir» DARSNING MAQSADI: (Hadisdan) ta'limiy: o'quvchilarga 1800-1870-yillarda Hindiston haqida ma'lumot berish; tarbiyaviy: o'quvchilarda dunyoda ro'y berayotgan o'zgarishlarga shaxsiy munosabat bildirish malakasini shakllantirish; d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarni o'z-o'zini rivojlantirishga o'rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo'llay bilishiga erishish. Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar: tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2, TK4; fanga oid kompetensiya(lar): FK1. DARSNING BORISHI: tashkiliy qism: O'quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash, jahon va O'zbekistonda bo'layotgan yangiliklarni tinglash. O'tgan mavzuni takrolash. O'qituvchi o'tilgan mavzuni takrorlash uchun «Estafeta» uslubidan foydalanishi mumkin. Bunda sinfdagi barcha o'quvchilar qamrab olinadi. Bu usulda o'quvchilar o'tilgan mavzuga oid birtadan ma'lumot aytishadi va estafeta tayoqchasini keyingi o'quvchiga uzatadi, o'yin shu tarzda davom etadi. Har bir to'g'ri javob uchun o'quvchilar rag'bat kartochkalari beriladi. Ma'lumot aytib bilmagan o'quvchiga rag'bat kartochkasi berilmaydi. Yangi mavzu bayoni. Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartibi. Buyuk Britaniya hukmron tabaqalari Yangi asrda ham Hindistonni butunlay o'z mustamlakalariga aylantirish siyosatini davom ettirdilar. Shu maqsadda, hukumat «Hindiston ishlari bo'yicha nazorat kengashi» tashkil etdi. Bu kengash Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining yo'nalishlarini belgilab borardi. Shuningdek, Buyuk Britaniya parlamenti Hindistonni boshqarish to'g'risida qonun qabul qildi. Unga ko'ra, «Ost-Indiya» kompaniyasining Kalkutta shahridagi gubernatori Buyuk Britaniyaning Hindistondagi barcha mustamlakalari general-gubernatori etib tayinlandi. Shu tariqa kompaniya amalda Hindistonni boshqaruvchi mustamlakachi ma'muriyat apparatiga aylantirildi. Buyuk Britaniya to'qimachilik sanoati mahsulotlarining Hindistonda sotilishi mahalliy to'qimachilik hunarmandlarini xonavayron qildi. «Ost-Indiya» kompaniyasi katta harbiy kuchga tayanar edi. U hindlarning o'zidan ham yollanma qo'shin tuzdi. Bu qo'shin askari sipohiy deb atalardi. Qo'shinga ingliz ...

Joylangan
16 Jul 2023 | 09:52:50
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
530.4 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Jul 2023 [ 09:52 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
530.4 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: docx