9-sinf Jahon tarixi fanidan dars ishlanma. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Hindiston

9-sinf Jahon tarixi fanidan dars ishlanma. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Hindiston

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Jahon tarixi fanidan dars ishlanma. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Hindiston - rasmi

Material tavsifi

OMMALASHTIRISH UCHUN Namangan viloyati Pop tumani 52-maktabning tarix fani o'qituvchisi Nishonova Zilola Rasulovnaning XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida Hindiston mavzusida tayyorlagan dars ishlanmasi. 2023-yil. DARSNING MAQSADI Ta'limiy: o'quvchilarda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindiston taixi haqida ma'lumot berish. Tarbiyaviy: o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Hindistonning hozirgi holati va erishgan yutuqlari haqida suhbatlashish,ma'lumot berish. DARS REJASI 1. Mustamlakachilik. 2. Iqtisodiy ahvol. 3. Milliy ozodlik harakati. 4. Bengaliyaning bo'linishi. 5. Birinchi jahon urushi arafasida. Hindiston bu davrda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi. U Hindistonni vitse-qirol boshchiligidagi amaldorlar va politsiya yordamida boshqara edi. Ingliz mustamlakachilari tomonidan yirik sanoat korxonalari qurishga kirishildi.1886-yilda to'qimachilik sanoatida 95 ta fabrika bor edi. Konlar soni,temiryo'l tarmoqlari ko'paydi.Hindiston ingliz burjuaziyasining kapital kiritish hududiga aylanib qoldi.Agrotexnika madaniyati pastligicha qolaverdi. Konlar soni, temiryo'l tarmoqlari xomashyo tayyorlash va tashishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Qishloq xo'jaligida monokultura vujudga keldi. Bengaliya kanop,Bombey va Markaziy Hidiston paxta, Panjob bug'doy yetishtirish ixtisoslashtirildi. Asosiy sanoat korxonalari dengizbo'yi port shaharlari yaqinida edi. 1910-yilga kelib kanop-tola fabrikalari soni ikki barobar ko'paydi. Buyuk Britaniya kapitali juda tez o'sib bordi.Biroq xalq ommasining turmushi tobora yomonlashib borgan. 1896-1906-yillarda 10 mln dan ortiq odam halok bo'ldi. Hindiston xalqlari mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik kurashi olib bordi.1885-yili Bombeyda Hindiston milliy kongressi tuzildi. Ayni paytda Musulmonlar Ligasi ham tashkil topdi.Endi inglizlar hind-musulmon raqobatini yanada kuchaytirib yubordilar. Dastlabki vaqtlarda Hindiston milliy kongressiga ingliz mustamlaka ma'muriyati qarshilik qilmadi.Bunday munosabatni Hindiston vitse-qiroli lord Dafferin milliy Kongress inqilobdan arzonroq deb izohlagan edi. 1890-yili so'l -radikal oqim shakllandi.Unga Bal Gangadxara Tilak rahbarlik qildi. Tilak Kesari(Sher) gazetasini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 713.66 KB
Ko'rishlar soni 161 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 713.66 KB
Ko'rishlar soni 161 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga