MIKROFIRMA VA KICHIK KORXONA KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI Jahon amaliyotida o'zining faoliyat ko'lami bo'yicha xo'jalik yuritish imkoniyatlari cheklangan tadbirkorlik subyektlarini ajratib olish tajribasi mavjud. Chunki ushbu tadbirkorlik subyektlari davlat tomonidan qo'llabquvvatlanmasa, zarur shart-sharoitlar yaratib berilmasa, ular boshqa yirik korxonalar oldida raqobatdoshligini yo'qotib, o'z faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ladi. Ular kichik tadbirkorlik yoki kichik biznes subyektlari deb yuritiladi Kichik tadbirkorlik subyektlarini ajratishda dunyoda keng qo'llaniladigan mezonlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - ishlovchilarning o'rtacha yillik soni; - asosiy va aylanma mablag'lar hajmi; - foyda (daromad) hajmi; - mahsulot sotishdan yalpi tushum va boshqalar. O'zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat turi va ushbu sohada ishlovchilar soniga qarab belgilanadi. Korxonaning asosiy faoliyat turi - hisobot davri yakunlari bo'yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyatdir. Misol uchun bir korxonada ishlab chiqarish, transport xizmati ko'rsatish, mulkni ijaraga berish faoliyatlari olib borildi deylik. Hisobot yilida korxonada umumiy realizatsiya qilish hajmidagi tushumda faoliyat turlari bo'yicha ulush quyidagicha bo'ldi: Bundan ko'rinadiki, hisobot yilida korxonaning asosiy faoliyat turi ishlab chiqarish hisoblanadi. MIKROFIRMA O'zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlarining bir ko'rinishini mikrofirmalar tashkil etadi. Mikrofirma - muayyan sohadagi ishlovchilar soni jihatidan eng kichik bo'lgan yuridik shaxs ko'rinishidagi kichik tadbirkorlik subyekti. Mikrofirmadagi ishlovchilarning o'rtacha yillik soni quyidagi chegaradan oshmasligi lozim. Bundan ko'rinadiki, agar siz kitob do'koni ochsangiz va unda 3 nafar sotuvchi ishlasa, u holda sizning korxonangiz mikrofirma deb yuritiladi. KICHIK KORXONA Ishlovchilar soni jihatidan mikrofirmadan kattaroq bo'lgan kichik tadbirkorlik subyekti kichik korxonadir. Kichik korxonadagi ishlovchilarning o'rtacha yillik soni quyidagi chegaraga qadar bo'lishi belgilangan: Mikrofirma va kichik korxona hisoblanuvchi tadbirkorlik subyektlarini to'g'ri aniqlash uchun ...

Joylangan
06 Aug 2023 | 18:41:18
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.04 MB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
06 Aug 2023 [ 18:41 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.04 MB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx