8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan dars ishlanma. Talab va talab qonuni

8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan dars ishlanma. Talab va talab qonuni

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari fanidan dars ishlanma. Talab va talab qonuni - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi viloyati tumani XTB ga qarashli - umumiy o'rta ta'lim maktabi Iqtisod fani o'qituvchisi ning Talab va talab qonuni mavzusida yozgan bir soatlik Mavzu: Talab va talab qonuni Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarni talab tushunchasi bilan tanishtirish, talab qonuni mohiyatiga tushunib yetish, koordinata tekisligida talab egri chizig'ini tasvirlay olishni o'rgatish. Tarbiyaviy: Talab mohiyatini tushunib yetish, o'quvchilarga iqtisodiy, estetik tarbiya berish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni talab chizig'ini mustaqil qura olishga o'rgatish Darsning tipi: yangi bilim beruvchi. Darsning metodlari: Aqliy hujum, Ma'ruza- munozara, Savol-javob, Kungaboqar usuli asosida, grafiklar bilan ishlash Dars jihozi: 8-sinf darsligi, prosessor, ekran, slayd Talab va talab qonuni mavzusida, shtrix-kodni hisoblashga doir tarqatma tovarlar, rag'batlantiruvchi kartochkalar. Darsning borishi: tashkiliy qism. Davomatni so'rash O'quvchilarni jamoalarga ajratish. Savol: Bozor qatnashchilari kimlar? 1-guruh - Iste'molchilar 2-guruh - Ishlab chiqaruvchilar 3-guruh - Davlat II. O'tgan mavzuni so'rash. 2.1 O'tgan mavzuni so'rash Kungaboqar usulida 2.2 Har bir jamoaga tarqatma tovarlar beriladi. Topshiriq: 1. Ushbu mahsulotlar qaysi davlatda ishlab chiqarilgan? 2. Shu mahsulotlarning qonuniy yoki noqonuniy ishlab chiqarganligini aniqlang. Vazifani to'g'ri bajarganligini tekshirish uchun boshqa guruhga beriladi. II Yangi mavzuni yoritish. O'quvchilarning diqqati ekranga qaratilib, yangi mavzuga oid ma'lumotlar berib boriladi va o'qituvchi tomonidan tushuntirib boriladi. Talab - xaridorlarning muayyan vaqt davomida tovarni turli narxlarda qanchadan sotib olish haqidagi xohish va imkoniyatlarini aniqlaydi. Talab qonuni Boshqa shart-sharoitlar o'zgarmagan holatda tovarning narxi qancha past bo'lsa, unga bo'lgan talab miqdori shunca ko'p bo'ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo'lsa, unga bo'lgan talab miqdori shuncha kam bo'ladi. Bu holatni quyidagi rasmlarda ham ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 183.98 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 183.98 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga