11-sinf Tadbirkorlik asoslari fanidan dars ishlanma. Raqobatdoshlikni ta'minlash

11-sinf Tadbirkorlik asoslari fanidan dars ishlanma. Raqobatdoshlikni ta'minlash

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Tadbirkorlik asoslari fanidan dars ishlanma. Raqobatdoshlikni ta'minlash - rasmi

Material tavsifi

RAQOBATDOSHLIKNI TA'MINLASH O'zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo'lishi shart. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev RAQOBAT VA UNING VAZIFALARI Bozor mexanizmining muhim va ajralmas jihati raqobat hisoblanadi. Raqobat - bu yuqori natija va mavqega ega bo'lish uchun bozor ishtirokchilari o'rtasidagi iqtisodiy kurashdir. Siz o'z tadbirkorlik faoliyatingizni muvaffaqiyatli yuritishingiz uchun, albatta, raqobat to'g'risida yetarli bilimga ega bo'lishingiz lozim. Raqobatning bir qator asosiy vazifalari mavjud. RAQOBAT SHAKLLARI Siz o'z tadbirkorlik faoliyati yo'nalishingizni tanlashdan avval uning qanday raqobat sharoitida amal qilishini oldindan bilishingiz muhim hisoblanadi. Raqobatning to'rtta asosiy shaklini ajratib ko'rsatish mumkin. Erkin raqobat - bu bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko'p sonli korxonalar mavjudligi sharoitidagi raqobatdir. Erkin raqobatning xususiyatli belgilari: - alohida korxona yoki tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni tarmoq umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushining katta emasligi; - ishlab chiqaruvchining o'z mahsulot narxi ustidan nazorat o'rnata olmasligi; - tarmoqqa kirish va undan chiqishning erkinligi. Masalan, siz qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish tadbirkorligi bilan shug'ullansangiz, u holda erkin raqobat sharoitida faoliyat ko'rsatishga to'g'ri keladi. Sof monopoliya - bu tarmoqda yagona ishlab chiqaruvchi mavjud bo'lib, u yakkahukmronlik mavqeyiga ega bo'lgan bozor holatidir. Sof monopoliyaning xususiyatli belgilari: - tarmoqdagi barcha mahsulotning yagona korxona tomonidan ishlab chiqarilishi; - ishlab chiqaruvchining o'z mahsulot narxi ustidan to'liq nazorat o'rnatishi; - tarmoqqa kirish va undan chiqishning o'ta qiyinligi. Monopolistik raqobat - bu bir vaqtning o'zida ham raqobat, ham monopoliya xususiyatlariga ega bo'lgan raqobatdir. Monopolistik raqobatning xususiyatli belgilari: - tarmoqdagi bir turdagi mahsulotlarning bir necha o'nlab korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi; - o'z ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 49 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga