11-sinf Tadbirkorlik asoslari fanidan Oilaviy tadbirkorlik mavzuda dars taqdimot

11-sinf Tadbirkorlik asoslari fanidan Oilaviy tadbirkorlik mavzuda dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Tadbirkorlik asoslari fanidan Oilaviy tadbirkorlik mavzuda dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

OILAVIY TADBIRKORLIK OILAVIY TADBIRKORLIK NIMA? Siz yakka tartibdagi tadbirkorlikning ayrim kamchiliklarini oilaviy tadbirkorlik bilan shug'ullanish orqali hal etishingiz mumkin. Oilaviy tadbirkorlik - oila a'zolari va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirkorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik oila a'zolari tomonidan tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o'z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. O'zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O'RQ-327- sonli «Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida»gi qonuni, 3-modda O'z faoliyatingizni oilaviy tadbirkorlik shaklida tashkil etish siz uchun maqbul tanlov hisoblanadi. Chunki, oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish orqali o'zingiz yashab turgan hududda faoliyat yuritishingiz hamda ishlab chiqarilgan mahsulotni shu joyning o'zida sotishingiz mumkin. Bunda siz o'z turarjoyingizni yashash uchun mo'ljallanmagan joyga aylantirishingiz shart emas. Shuningdek, siz tadbirkorlik faoliyatini o'z o'yingizda tashkil etsangiz, elektr energiyasi, suv ta'minoti, kanalizatsiya, gaz ta'minoti va issiqlik ta'minoti kabi kommunal xizmatlar haqini aholi uchun belgilangan ta'riflarda to'lashingiz mumkin. Bu esa, boshqa shakldagi korxonalarga nisbatan yengillik va katta imtiyoz demakdir OILAVIY TADBIRKORLIK SHAKLLARI Oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil yetmagan va yuridik shaxs tashkil etgan holda yo'lga qo'yish mumkin. Yuridik shaxs tashkil yetmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik oilaviy tadbirkor (OT), yuridik shaxs tashkil etgan holdagi oilaviy tadbirkorlik oilaviy korxona (OK) deb nomlanadi. Tadbirkorlik faoliyatining har qanday shaklida bo'lgani singari oilaviy tadbirkorlikda ham afzallik va kamchilik jihatlari mavjud. Ularning asosiylariga to'xtalib o'tamiz. OILAVIY TADBIRKORLIKNING XUSUSIYATLARI Oilaviy tadbirkor shaklidagi faoliyatni amalga oshirish qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Oilaviy tadbirkor o'z faoliyatida faqat oila 23 a'zolaridan foydalanish mumkin bo'lib, tashqaridan xodimlarni yollash huquqiga ega emas. Bu o'rinda oila a'zolari bo'lib, asosan, yer-xotin, otaonalar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.32 MB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.32 MB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga