Sana: Mavzu: Nisbat va proporsiya. Dars maqsadi: Ta'limiy maqsad: Mavzu yuzasidan o'quvchilarga umumiy tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish, o'zgalar fikrini tinglash va hurmat qilish qobiliyatlarini shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni nisbat va proporsiya haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashga o'rgatish. Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Tayanch kompetensiya: TK1, TK3, TK6: O'quvchilarda kommunikativ, o'zini o'zi boshqarish, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish kompetensiya elementlarini shakllantirish. Fanga oid kompetensiya: FK1: O'quvchilarda matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya elementlarini shakllantirish. Dars turi: Noan'anaviy. Dars metodi: Og'zaki so'rov, Aqliy hujum, misol-masalalar yechish, Jadval bilan ishlash. Darsning borishi: tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni tekshirish, o'quvchilarni darsga tayyorlash. O'tilgan mavzularni mustahkamlash: Aqliy hujum: 3 va 5 litrlik idishlar bor. Ular yordamida suv quvuridan 4 litr suvni quyib olish mumkinmi? Javobi: 5 litrlik idish suvga to'ldiriladi. Shu idishdagi suvdan 3 litrlik idishga suv solinadi. Natijada 5 litrlik idishda 2 litr suv qoladi. So'ngra 3 litrlik idish bo'shatilib, 2 litr suv unga solinadi. Yana qaytadan 5 litrlik idish suvga to'ldiriladi va shu idishdagi suvdan 3 litrlik idishga suv quyiladi. Natijada 5 litrlik idishda 4 litr suv qoladi. Og'zaki so'rov: 1. Berilgan qismi bo'yicha sonning o'zi qanday topiladi? 2. Sonning berilgan qismi qanday topiladi? 3. Bunda qaysi amallardan foydalaniladi? Yangi mavzu bayoni: Umuman, k va n noldan farqli sonlar bo'lsa, k : n bo'linma nisbat, k va n sonlar esa nisbatning hadlari deyiladi. k : n = q yoki k : n = (k ∙ p) : (n ∙ p) yoki = Nisbat - birinchi son ikkinchi sondan necha ...

Joylangan
07 Aug 2023 | 10:06:19
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.06 KB
Ko'rishlar soni
598 marta
Ko'chirishlar soni
378 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Aug 2023 [ 10:06 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.06 KB
Ko'rishlar soni
598 marta
Ko'chirishlar soni
378 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:10 ]
Arxiv ichida: docx