6-sinf Ona tili dars taqdimot ishlanma. Kompyuterda yaralgan tasvir. Olinma so'zlar talaffuzi va imlosi

6-sinf Ona tili dars taqdimot ishlanma. Kompyuterda yaralgan tasvir. Olinma so'zlar talaffuzi va imlosi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Ona tili dars taqdimot ishlanma. Kompyuterda yaralgan tasvir. Olinma so'zlar talaffuzi va imlosi - rasmi

Material tavsifi

Kompyuterda yaralgan tasvir. Olinma so'zlar talaffuzi va imlosi Dars rejasi Yangi mavzuni mustahkamlash 10 minut tashkiliy qism 5 minut O'tgan darsni takrorlash 10 minut Baholash 3 minut Yangi mavzu bayoni 15 minut Uyga vazifa berish 2 minut Shiorimiz: Aql koni kitob Uni sevganning yo'li oftob. Faollik Do'stlik Tartib-intizom Aniqlik Dars shiori: Darsning oltin qoidasi: Dars shiori: Vatan ostonadan boshlanadi! O'ng qo'l qoidasi KOMPYUTERDA YARALGAN TASVIR Kompyuter grafikasi deganda maxsus dasturlar ko'magida yaratilgan tasvir tushuniladi. Bu nisbatan yangi va juda tez rivojlanayotgan sohalardan biridir. Kompyuter grafikasi ustalari dunyoda eng ko'p daromad topadigan mutaxassislar qatorida turadi. Shuning uchun hozir kompyuter grafikasini o'rganish istagida bo'lgan yoshlar ko'p. Kompyuter grafikasi juda ham keng tarmoqli bo'lib, hozir undan deyarli barcha sohalarda foydalaniladi. Zamonaviy televideniye, kinematografiya, multiplikatsiya, arxitektura, muhandislikning barcha turlari va ta'limni kompyuterda yaratilgan tasvirlarsiz tasavvur qilish qiyin. Televideniyeda beriladigan turli reklama roliklari, ekran ostidagi maxsus yozuvlar, ko'rsatuv boshlanmasidagi animatsiyalar, suxandonlar ortidagi chiroyli tasvirlar - bularning barini kompyuter grafikasi ustalari tayyorlaydi. Zamonaviy kinolarning asosiy qismini kompyuter grafikasi tashkil qiladi. Hozir aktyorlar yashil fonli studiyadan chiqmay rol ijro etishi mumkin. Grafika ustalari esa ularni tasvirdan uzib olib, so'ng istalgan virtual makonga tushirib qo'yishadi. Endi qum bo'ronlarini tasvirga olish uchun Sahroyi Kabirga yoki Markaziy Afrikaga borish shart emas. Kompyuter grafikasi, ayniqsa, qiyin sahnalarni suratga olishda qo'l keladi. Masalan, qo'lga o'rgatish qiyin va xavfli o'qilon, suvilon, tuyaqush, o'rdakburun, yo'lbars kabi noyob hayvonlarni kompyuterda yaratib rol o'ynatish kinochilarning vaqtini va pulini tejaydi. Kompyuter grafikasining asosiy yo'nalishlaridan biri animatsiyadir. Animatsiya kompyuterda tayyorlangan harakatlanuvchi tasvirni anglatadi. Bugungi kunda deyarli barcha multfilmlarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 9.08 MB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 9.08 MB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga