9-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Tire va qo'shtirnoqning qo'llanishi

9-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Tire va qo'shtirnoqning qo'llanishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Tire va qo'shtirnoqning qo'llanishi - rasmi

Material tavsifi

Tire va qo'shtirnoqning qo'llanishi Amir Temur bobomizning shunday hikmatli so'zlari bor: «Eng baland minoralar ham birinchi g'ishtdan boshlanadi». 1-topshiriq. Gapda qo'shtirnoqning ishlatilish sababini tushuntiring. Kitob - eng yaqin sadoqatli do'stimiz. (Shodmonqul Salom) 2-topshiriq. Tirening qo'yilishini izohlang. Tire dialoglardagi har bir gapning boshida, bog'lamasiz qo'llangan ot kesim bilan ega orasida, uyushiq bo'laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so'zdan oldin, muallif gapi bilan ko'chirma gap orasida, ayrim so'z yoki gaplar izohlansa, ularning o'rtasida, zid ma'noli bog'lovchisiz qo'shma gaplar orasida ishlatiladi. Esda saqlang! Shuningdek, ajratilgan bo'laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo'laklardan ajratiladi. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma'nolarni bildiruvchi so'zlar orasida ham undan foydalaniladi. Esda saqlang! Ko'chirma gap qo'shtirnoqqa olinadi. Iqtiboslar qo'shtirnoq ichida yoziladi. Ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlar, ishlatilishi odat tusiga kirma­gan,­ eskirgan yoki yangi qo'llanayotgan, kesatiq, piching, do'q-po'pisa va shu kabi ma'nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo'shtirnoq ichida yoziladi. Esda saqlang! Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qo'shtirnoq ichida beriladi. Esda saqlang! Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo'shtirnoq ichida yoziladi. Esda saqlang! Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.)larning markasini bildirgan so'zlar, o'simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifodalovchi­ leksik birliklar qo'shtirnoqqa olinadi. Esda saqlang! Ayrim orden va me'dallar, faxriy unvonlar nomi qo'shtirnoq ichida beriladi. Esda saqlang! Matnni o'qing, tire va qo'shtirnoqning ishlatilish sabablarini aniqlang. «O'tkan kunlar» romanini o'qiganmisiz? U sizda qanday taassurot qoldirgan? 242-mashq 243-mashq. Gaplarni ko'chiring, tire va qo'shtirnoqning ishlatilish o'rinlariga e'tibor qarating. Shuhratning «Oltin zanglamas» romanidan olingan parchani o'qing. Qo'shtirnoqlarning ishlatilish o'rinlarini izohlang. Sizning mahallangizda ham shunday fazilatga ega nuroniy insonlar bormi? 244-mashq Matnda qo'llangan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga