Milliarderlar hayotidan. Subyektiv munosabat shakllari. Yozma matnning kirish qismini shakllantirish Topshiriq. Matnni diqqat bilan o'qing. Xitoylik muvaffaqiyatli biznesmen, «Alibaba» kompaniyasining asoschisi Jek Maning yoshlarga yo'llagan murojaatidan parcha. Mening yoshlarga maslahatim, yigirma besh yoshingizgacha ko'proq xato qiling, bu haqida havotir olmang. Eng muhimi, yiqilganingizda qayta tura oling. Sinib qolmang, o'rningizdan turing Yosh paytingizda hayot berayotgan darslardan xulosa chiqaring. O'ttiz yoshdan qirq yoshgacha hamma qilayotgan ishlaringizda samarali bo'lishga harakat qiling. Qirq yoshdan ellik yoshgacha siz o'zingiz ustasi bo'lgan ishlar bilan mashg'ul bo'ling, ammo siz ellik-oltimish yosh orasida bo'lsangiz, yoshlarni rag'abatlantiring. Chunki yoshlar sizdan yaxshiroq ishlashi mumkin. Shunday ekan, ularga yordam bering, umid bering va ishlashga undang. Ozgina vaqt o'tgach, ularning haqiqiy professional ekanligiga amin bo'lasiz. Agar siz 25 yoshgacha bo'lsangiz, omadsizlikdan qo'rqmang. Har bir bugungi xato ertangi kunning foydasidir. Bu siz uchun ajoyib imkoniyat. Kelajakda bilimlar uchun kurash bo'lmaydi, kurash yaratuvchanlik uchun bo'ladi. Bu kurash kashfiyotlar uchun bo'ladi. Ta'lim va noodatiy fikrlash uchun kurash bo'ladi. Agar siz xuddi mashinaday fikrlasangiz, sizda muammolar bo'ladi. Oxirgi yigirma yillikda odamlar mashinadek harakat qilishdi. Keyingi yigirma yillikda mashinalar odamdek ishlashni boshlaydi. Shunday ekan, kelajak bilimli emas, balki dono va tajribali odamlar qo'lida. Bilim va ishlab chiqarish tarixda qoldi. Kelajak esa kreativ kishilar qo'lida bo'ladi. Mening o'ylashimcha, kelgusi o'ttiz yilda dunyoda juda katta o'zgarishlar bo'ladi. Yangi texnologiyalar hayotimizning har jabhasini o'zgartiradi. Men bunga isxonaman. Dunyo insonning aqliy qobiliyatini emas, sevish qobiliyatini ham inobatga olishi kerak. Agar o'zingizdan yomonroq, faqirroq yashayotgan kishilar hamda sizdan omadliroq kishilar haqida bir xil o'ylasangiz, siz bu dunyoni o'zgartira olasiz. Dunyoga kerakli narsa ...

Joylangan
28 Aug 2023 | 18:12:36
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.7 MB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
111 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
28 Aug 2023 [ 18:12 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.7 MB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
111 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx