10-sinf Ona tili dars ishlanma. Silikon vodiysi matni ustida ishlash

10-sinf Ona tili dars ishlanma. Silikon vodiysi matni ustida ishlash

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Ona tili dars ishlanma. Silikon vodiysi matni ustida ishlash - rasmi

Material tavsifi

Silikon vodiysi… matni ustida ishlash 35.1-mashq. Minbarda nutq so'zlash topshirig'ini bajarishda sinfdoshlaringiz qanday kamchiliklarga yo'l qo'ydi yoki siz ulardan nimalarni o'rgandingiz - shularni alohida varaqqa belgilab qo'ying. Aniqlangan kamchiliklar keyingi nutqlarda takrorlanmasligiga harakat qiling. Topshiriq. Matn bilan tanishib chiqing. (1) Elektron va kompyuter texnikasi sanoati obyektlari, ta'lim va ilmiy tadqiqot markazlari to'plangan, yuqori malakali mutaxassislar, ushbu sohaga katta-katta sarmoya sarflaydigan qo'shma korxonalar faoliyat yuritadigan hududga kirib qolgan har qanday inson o'zini fantastik kino qahramonidek tasavvur etishi shubhasiz. Biroq bunday hududning borligi allaqachon haqiqatga aylanib ulgurgan. Bu makon ilm ahli tomonidan Silikon vodiysi nomi bilan yuritiladi. Silikon vodiysi (Silicon valley) nomini kaliforniyalik tadbirkor Ralf Verst o'ylab topgan. Muomalaga esa atama jurnalist Don Xofler tomonidan 1971-yilda kiritilgan. O'shanda «Electronic News» haftalik gazetasida AQSHning Silikon vodiysi mavzusiga bag'ishlangan turkum maqolalarida shu nom qo'llangandi. Nega yuqori texnologiyalar hududi Silikon vodiysi deb nomlanadi, degan savolga ham javob tayyor. Bu yerda faoliyat yuritadigan korxonalarda mikrosxemalar uchun yarimo'tkazgichlar qismlarini ishlab chiqarishda asosiy material sifatida kremniydan foydalaniladi. Kremniy esa inglizcha «silicon» so'zidan olingan (2) Silikon vodiysini tashkil etish g'oyasi qator omillar tufayli yuzaga keldi. Dastavval mazkur fikr Stenford universiteti vakillari tomonidan o'rtaga tashlandi va u odatdagidek moddiy manfaatlar asosida kelib chiqqandi. Chunki Ikkinchi jahon urushidan so'ng universitet byudjetida mablag' tanqisligi sezila boshlandi. Shunda universitet rahbariyati takomillashish uchun sarmoyani o'ziga tegishli bo'sh 3240 gektar hududdan olishga qaror qiladi. Biroq joyni sotish mumkin emas edi. Natijada yangicha texnologik ishlanmalar bilan shug'ullanadigan kompaniyalarga yerni uzoq muddat, aniqrog'i, 51 yilga o'rtacha to'lov bilan ijaraga berish fikri tug'iladi. Kompaniyalar ko'plab yangi ish o'rinlarini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.39 MB
Ko'rishlar soni 260 marta
Ko'chirishlar soni 102 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.39 MB
Ko'rishlar soni 260 marta
Ko'chirishlar soni 102 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga