Muhabbat o'zi nima matni bilan tanishish. Matn turlari. Nutq uslublari Topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering va matn bilan tanishib chiqing. 1. Siz muhabbatni qanday tushunasiz? 2. Bu so'zni eshitganingiz zahoti xayolingizda kim yoki nima gavdalanadi? 3. O'zi muhabbatga ishonasizmi? Muhabbat nima? 1. Muhabbatni oshiqlar umr mazmuni deb biladilar. Ayrimlar uchun u - azob, biroq totli azob. Vafo ko'rmaganlar: Muhabbat yo'q narsa ekan, Muhabbatga ishonmayman, - deb yozg'irib ham qo'yishadi. Bundan ko'rinadiki, muhabbatga turli taqdir sohiblari har xil ta'rif berishar ekan. Biroq adabiyot sahifalarini varaqlar ekanmiz, bir narsaga amin bo'lamiz: oshiq uchun muhabbat mangu bor, ba'zan yor bevafo yoki berahm bo'lishi mumkin, xolos. Muhabbatni Sevib qoldim, Ko'nglimda muhabbat uyg'ondi, Ishqim tushdi kabi jumlalar bilan izhor qiladilar. Biroq sevgi, muhabbat, ishq deganlari bir narsamikan? Ingliz tilida Love, nemischada Liebe , lotinchada Amor, ruschada Любовь deb sevgi, muhabbat, ishq so'zlari qo'llanadi. Biroq bu so'zlar ayrim jihatlari bilan o'zaro farqlanar ekan. Adib va adabiyotshunos Pirimqul Qodirov mavzuga doir maqolasida sevgi bir qalbda bo'lsa, muhabbat ikki qalb o'rtasida bo'lishini ta'kidlaydi. Uning fikricha, siz kimnidir sevsangiz-u, lekin u sizni sevmasa ham sevgi haqida gapirish mumkin, biroq muhabbat so'zi ikki qalb bir-birini sevgan holatda ishlatiladi. 2 Sevgi so'zi o'zbekcha (turkiy) bo'lsa, muhabbat arab tilidan o'zlashgan. Manbalarda muhabbat so'zi hubb, ya'ni xum so'zidan olingani aytiladi. Xum to'lsa, uning ichiga boshqa narsa solib bo'lmaganidek, qalbda muhabbat bo'lsa, boshqa kishiga joy qolmaydi. Sharq yulduzida bosilgan maqolada shunday yoziladi: Yana boshqa ba'zilar muhabbat so'zining habb (don) so'zidan kelib chiqqani to'g'risida fikr bildirishadi. Jumladan, habb so'zi to'g'risida har bir mag'izli narsaning doni ...

Joylangan
28 Aug 2023 | 18:12:36
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.08 MB
Ko'rishlar soni
834 marta
Ko'chirishlar soni
293 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
28 Aug 2023 [ 18:12 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.08 MB
Ko'rishlar soni
834 marta
Ko'chirishlar soni
293 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx