11-sinf Ona tili dars ishlanma. Qo'shib yoziladimi, ajratib

11-sinf Ona tili dars ishlanma. Qo'shib yoziladimi, ajratib

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Ona tili dars ishlanma. Qo'shib yoziladimi, ajratib - rasmi

Material tavsifi

6-mavzu. Qo'shib yoziladimi, ajratib? 6.1-mashq. Matnni tinglab, unga sarlavha qo'ying. Namozshom. Radioda konsert bo'lyapti. Endi Cho'li iroqni tinglang. Baxtiyor radioni o'chirmoqchi, sug'urib olib hovliga irg'itmoqchi bo'ldi. Lekin qandaydir kuch, iroda uni bu fikridan qaytardi. Radioda, kuyda nima ayb? O'chirganim bilan Qo'shtabaqa eshik kesakisiga suyanib, poyabzali iplarini yecharkan, kuyning sirli-sehrli to'riga ilinib qolganini - berilib tinglayotganini o'zi ham sezmasdi. Satodan taralayotgan mungli ohang ich-ichiga kirayotganday, yurak pardalarini zirillatayotgandek bo'ldi. Endi bu jon o'rtaguvchi navo ichidan eshitilayotganday tuyildi. Olis-olislardan kimningdir nolakor, ammo shiddatli, isyonkor, mardona sadosi chalindi qulog'iga: Baski, qo'ydim men falakning yelkasiga g'am yukin, Kiydi motam to'nini-yu, bo'ldi qaddi ham duto… Eshik qars ochilib, Muhabbat kirdi. Chiroqni yoqdi. - Sizga nima bo'ldi? Baxtiyor gapirmadi. Faqat jim degandek qo'lini ko'tardi-da, radioga ishora qildi. Shundagina Muhabbat kuyni eshitdi. U Baxtiyorga qaradi. Qaradi-yu, uning ko'zlarida yaltirab turgan yosh tomchilarini ko'rdi. … Kuy tindi. (M. Hazratqulov) Qo'shma so'zlar imlosiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: Qo'shib yoziladigan qo'shma so'zlar 1) qo'shib yoziladigan qo'shma so'zlar: olibsotar, uchburchak, sassiqpopishak. Chunki bunday qo'shma so'zda so'z urg'usi bitta bo'ladi. Ajratib yoziladigan so'zlar 2) ajratib yoziladigan so'zlar qismining har birida alohida so'z urg'usi bo'ladi: olib kelmoq, xarid qilmoq. O'zbekiston Respublikasi, qo'sh tabaqali. Qo'shib yoziladimi yoki ajratib? Qo'shma so'zlar so'z birikmasidan hosil bo'ladi. Butunlay qo'shma so'zga aylangan so'z birikmalari qismlari qo'shib, endi qo'shma so'zga aylanayotganlari ajratib yoziladi. Misol so'zboshi, temir yo'l, olma, ko'prik. Qo'shib yoziladimi yoki ajratib? Ba'zi qo'shma so'zlar qo'shib ham, ajratib ham yozish hollari uchraydi: soch siypatar - sochsiypatar, beshikto'y - beshik to'yi kabi. Qo'shib yoziladimi yoki ajratib? Juft so'zlar ham ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.62 MB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.62 MB
Ko'rishlar soni 183 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga