6-sinf Adabiyot fanidan dars ishlanma. Rahmat Fayziy. Hazrati inson

6-sinf Adabiyot fanidan dars ishlanma. Rahmat Fayziy. Hazrati inson

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Adabiyot fanidan dars ishlanma. Rahmat Fayziy. Hazrati inson - rasmi

Material tavsifi

Rahmat Fayziy. Hazrati inson Bu mavzuda biz: - asar sarlavhasi va mazmuni o'rtasidagi bog'liqlikni tahlil qilamiz; - qahramonlar nutqi va xatti-harakatlari orqali ularga ta'rif berishni o'rganamiz; - nasriy va she'riy asarlarni qiyoslaymiz. MUALLIF BILAN TANISHAMIZ Rahmat Fayziy (1918-1988) - o'zbek yozuvchisi, xalqimiz orasida mashhur badiiy filmlar muallifi. U Toshkentda kosib oilasida tug'ilgan. O'rta maktabni tamomlab, Toshkent temir yo'llari qoshidagi Fabrika-zavod o'quvchilik maktabida, so'ng elektromexanika texnikumida tahsil olgan. Hikoya va qissalari, romanlari bilan o'zbek adabiyoti tarixida o'chmas iz qoldirgan.Rahmat Fayziy ijodiy faoliyati davomida qator gazeta va jurnallarda, obro'li tashkilotlarda ishlagan, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.Yozuvchi 1988-yili vafot etgan. Hozirda Toshkent shahridagi ko'chalardan biri Rahmat Fayziy nomi bilan ataladi. ASARNI O'QISHGA TAYYORLANAMIZ Ikkinchi jahon urushi davrida uyidan, ota-onasidan ayrilgan ko'pnbolalar urush bo'layotgan joylardan O'zbekistonga olib kelingan.Ko'pchilik yurtdoshlarimiz qatori toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush o'rtog'i Bahri Akramova turli millat bolalarini o'z tarbiyalariga olishgan. Rahmat Fayziyning Hazrati inson romani Shoahmad ota va Bahri aya singari kishilar haqida hikoya qiladi. DIQQAT! SAVOL 1.Rasmdagi haykalni ko'rganmisiz? Unda kimlar tasvirlanganini bilasizmi? 2. O'ylab ko'ring-chi, inson, insoniylik, insonparvarlik so'zlari qanday ma'no anglatadi? Asar nima uchun Hazrati inson deb atalganbo'lishi mumkin? Bilasizmi? Ba'zan badiiy asar qahramonlari uchun real, haqiqatda yashab o'tgan shaxslar asos bo'lib xizmat qiladi.Bunday shaxslar prototip deyiladi. Hazrati insonasaridagi Mahkam aka obrazi uchun Shoahmad Shomahmudov prototip qilib olingan. Bolalar uyi Ular bolalar uyiga yaqinlashib qolishganda dadasining qo'lidan ushlab borayotgan Vitya taqqa to'xtadi. Qo'lini tortib oldi. Mahkam aka hayron bo'lib unga qaradi. Qovoqlari osilgan, to'rsayib turardi.Hozirgina javrab kelayotgan bolaga o'xshamasdi avzoyi. - Ha, nega to'xtading? - O'zingiz ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.17 MB
Ko'rishlar soni 466 marta
Ko'chirishlar soni 173 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.17 MB
Ko'rishlar soni 466 marta
Ko'chirishlar soni 173 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga