Takrorlash She'rni o'qing. Savollarga daftaringizda yozma javob bering. Ko'rinmas olovdan erib borar tun, Burgutlar qoyada potirlashmoqda. Ona qornidagi go'dakday beun Tuman g'imirlamoqda. Tong otdi, eng so'nggi yulduz ko'zlarin Qudratli pahlavon - uyqu eltmoqda. Qo'radan chiqishgan suruvdek vazmin Tuman ko'tarilmoqda. Kumush cho'qqilardan ohista oshib, Quyosh sim-sim qo'shiq kuylab kelmoqda. Osmon qozonida sut kabi toshib Tuman tarqalmoqda. Azim Suyun SAVOLLAR: 1. She'rda qanday manzara tasvirlangan? Fikringizni asoslang. 2. Bandlarning (har to'rt qatorning) oxirida ishlatilgan fe'llarni solishtiring. Shoir nima maqsadda bandlarni har xil fe'llar bilan yakunlagan? 3-4. She'rdan o'xshatishga ikkita misol toping. Bu o'xshatish- larning nima maqsadda qo'llanganini izohlang. SAVOLLAR: 5-6. She'rdan metaforaga ikkita misol toping. Bu metaforalar orqali shoir nimalarni tasvirlagan? Metaforalar qanday o'xshash- lik asosiga qurilgan? 7-8. She'rdan jonlantirishga ikkita misol toping. Bu jon- lantirishlarning nima maqsadda qo'llanganini izohlang. Kechagina o'tqazilgan olicha ko'chati muncha ham kekkayib tebranadi. Shabi yaldoning bo'ydoq shabadasi u bilan o'ynaydi. Tola-tola yaproqlarini silkitib qochadi, sarv qomatlarini qitiqlaydi. Oy ham bularga sitoyishkor - olicha qiz ko'rimli ko'rinsin deb quchoq-quchoq kumush nurlarini uning ko'ksiga sochadi, olicha qizning soyasini ikki marta cho'zibroq ko'rsatadi. Oy tikkadan og'gan, boyagi sho'x-shotir shabada qo'shni bog'larga devor oshgan. Qo'rg'onchani tumanli og'ir jimjitlik bosgan, xas-cho'plargacha shitir etmay salmoqli nafas oladilar. Hamma yoq uyquda. G'afur G'ulom, Soyalar hikoyasidan shabi yaldo - yilning eng uzun kechasi (21-dekabrdan 22-dekabrga o'tar kecha) sarv - (bu yerda) kelishgan, tik sitoyishkor - madh qiluvchi 215 9. Parchada qanday manzara tasvirlangan? Fikringizni asoslang. 10. Parchadagi manzara qaysi badiiy tasvir vositasiga asoslangan? 11-12. Parchadan sifatlashga ikkita misol toping. Bu sifatlash- larning nima ...

Joylangan
28 Aug 2023 | 19:02:01
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.76 MB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
95 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
28 Aug 2023 [ 19:02 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.76 MB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
95 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx