10-sinf Adabiyot dars ishlanma. Iliada dostondan parchalar

10-sinf Adabiyot dars ishlanma. Iliada dostondan parchalar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Adabiyot dars ishlanma. Iliada dostondan parchalar - rasmi

Material tavsifi

Iliada (dostondan parchalar) OLTINCHI QO'SHIQ Troyalik ayollari Zevs qiziga sig'inayotgan payt Buzruk Hektor yetib bordi hashamatli Paris uyiga. U kirganda, Paris o'zin hashamatli egri kamoni, Qalqoni-yu sovutini kiyib, taqib yasanar edi. Sohibjamol Yelena ham shu yerdaydi, kashtachi qizlar Davrasida o'tirib ish buyurardi ularga turli. Shunda Hektor inisiga tahqirona malomat qildi: Hoy, sen badbaxt, kelib-kelib shu mahalda arazlaysanmi? Yuksak devor orqasida, shahrimizning bo'sag'asida Dahshatli yov bilan jangda qon to'kmoqda aziz xalqimiz; Tegramizda jo'sh urgan bu urush faqat sen tufayli-ku; Gar uchratsang mudhish jangdan yuz o'girgan biron nomardni, Koyib bergan bo'lar eding uni o'zing. Tur, urushga kir, Ilionga yov o't qo'yib, uni vayron etmasdan oldin. Troya oti Akropol - shahar qal'asi, shaharning balandlikka qurilgan va himoya devorlari bilan o'ralgan qismi Aleksandr - Parisning ikkinchi ismi Tegramizda jo'sh urgan bu urush faqat sen tufayli-ku. Hektor ukasiga nega bunday demoqda? ? Ma'budsifat Aleksandr darhol unga ayladi javob: Meni to'g'ri koyiding sen, og'a! Bunga haqqing bor albat; Yuragimni yozay senga, o'tir, quloq sol kalomimga: Meni, bunda odamlardan ranjigani, arazlagani Uchun bekor o'tiripti, dema, men g'am chekmoqdadurmen. Boya zavjam mayin so'z-la meni jangga undagan edi; Endi bo'lsa bu holimdan jang qilganim ma'qulligini Payqab qoldim: zero zafar el ichida emas barqaror. Bo'lsa agar ilojing, kut, sovutlarim kiyay shitob-la; Yo bo'lmasa, sen ketaver men orqangdan yetib olgumdir. Lekin og'a-buzruk Hektor churq etmadi unga javoban. Yelena so'z aytdi shunda Hektorga xush tavajjuh aylab: Qayin og'am, tingla badbaxt va behayo kelining so'zin! Lek sen kirgil ichkariga, nafasingni rostla o'tirib; Qalbing ezgan mening qusrim va Parisning gunohi erur: Zevs sho'r etib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 19.39 MB
Ko'rishlar soni 543 marta
Ko'chirishlar soni 238 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 19.39 MB
Ko'rishlar soni 543 marta
Ko'chirishlar soni 238 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga