Yusuf Xos Hojib (XI asr). Qutadg'u bilig Mavzuni o'rganish jarayonida: - Qutadg'u bilig asarining g'oyaviy yo'nalishlarini tahlil qilamiz. Eslang: X-XI asrlarda Markaziy Osiyo hududi qaysi davlat (lar) tarkibiga kirgan? Bu davlat(lar)da qanday ijtimoiy-siyosiy vaziyat hukm surgan? Tarixiy davr XI asrda Qashqardan (Sharqiy Turkiston, hozirgi Xitoyning Sinzyan-Uyg'ur muxtor rayoni) Amudaryogacha bo'lgan katta hudud Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davlat yagona markazlashgan hokimiyatga ega bo'lmay, bir qancha mayda hokimliklarga bo'lingan va ular o'rtasida ichki nizolar avj olgan edi. Shunga qaramasdan, bu davrda bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, hunarmandchilik va ilm-fan rivojlandi. Turkiy tildagi yozma adabiyotning bizgacha yetib kelgan dastlabki namunalari yaratildi. Muallif haqida Yusuf Xos Hojib XI asrning 20-yillarida Qoraxoniylar davlatining g'arbiy poytaxti Quz O'rdi (Bolasog'un) shahrida (hozirgi Qirg'iziston hududi) tug'ilgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha o'rgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Ko'p shaharlarga sayohat qilgan. 1070-yillarda Qutadg'u bilig asarini tugatib, Qashqar hukmdori Tavg'ach Bug'roxon binni Arslonxonga taqdim etadi. Bu xizmati uchun unga Xos Hojib (eshik og'a si) unvoni beriladi. Qutadg'u bilig asari Qutadg'u bilig (Saodatga eltuvchi bilim) asari turkiy yozma adabiyotdagi ilk badiiy doston bo'lib, didaktik (pand-nasihat) yo'nalishda yozilgan. Unda muallifning davlatni boshqarish, turli tabaqa vakillarining davlatdagi o'rni, insoniy munosabatlar, odob-axloq haqidagi fikrlari to'rt obraz suhbati orqali bayon qilinadi: - Kuntug'di - adolatli hukmdor; - Oyto'ldi - halolligi va aqli tufayli cho'ponlikdan vazir darajasiga ko'tarilgan inson; - O'gdulmish (aql bilan ziynatlangan) - Oyto'ldining dono o'g'li, otasidan keyin saroyda uning o'rnini egallaydi; - O'zg'urmish (hushyor qiluvchi, sergaqlantiruvchi) - O'gdulmishning tarki dunyo qilgan donishmand qarindoshi. Tahlil qiling: Qutadg'u bilig muqaddimasida bayon qilinishcha, kitob ...

Joylangan
28 Aug 2023 | 19:02:01
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.61 MB
Ko'rishlar soni
259 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
28 Aug 2023 [ 19:02 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.61 MB
Ko'rishlar soni
259 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:02 ]
Arxiv ichida: pptx