Elektr zanjirdan o'tayotgan tokni tavsiflash uchun maxsus fizik kattalik - tok kuchi kiritilgan. Tok kuchi haqida tushuncha O'tkazgichning ko'ndalang kesimidan vaqt birligida o'tayotgan elektr zaryadi miqdoriga qiymat jihatidan teng bo'lgan kattalik tok kuchi deb ataladi va I harfi bilan belgilanadi. Xalqaro birliklar sistemasida tok kuchining asosiy birligi qilib fransuz fizigi Andre Mari Amper sharafiga amper (A) qabul qilingan. O'tkazgich ko'ndalang kesimidan 1 s da 1 C zaryad o'tsa, tok kuchi 1 A bo'ladi. Tok kuchini topish formulalari Tok kuchini topish formulalari Ampermetr birlik vaqt davomida o'tkazgichning ko'ndalang kesimidan o'tgan zaryad miqdorini o'lchashi kerak, shu sababli u zanjirga ketma-ket ulanadi. Tok kuchini o'lchash Zanjirdagi tok kuchini ampermetr yordamida o'lchanadi. Ampermetr elektr zanjiridagi tok kuchi o'lchanadigan iste'molchi bilan ketma-ket ulanadi. Ampermetr va voltmetrni elektr zanjirga ulash Mustaqil ravishda ishlash uchun masalalar 1. Agar tok kuchi 0,3 A ga teng bo'lsa, 5 minut davomida o'tkazgichdan qancha zaryad o'tadi (С)? 2. Elektr zanjirdagi lampochkadan o'tayotgan tok kuchi 0.5 A ga teng. Lampochka spiralidan qancha vaqtda 250 C zaryad o'tadi? 3. Elektr isitgich asbobdan 7 minutda 4800 C elektr o'tgan. Asbobdan o'tgan tokning kuchi topilsin. 4. Elektr plita spiralidan 10 minutda 1.875∙1020 ta elektron oqib o'tadi. Tok kuchi qanday (А)? (e=l,6∙10-19 C.) 5. Metall o'tkazgichdagi tok kuchi 420 mA. O'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzasidan 2 s da nechta elektron oqib o'tadi. e= 1.6∙10-19 Uyga vazifa 1. Darslikda berilgan mavzuni o'qib kelish. 2. Savollarga javob yozib kelish. 3. Mavzuga doir savollar tuzib kelish. ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 08:40:08
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.21 MB
Ko'rishlar soni
516 marta
Ko'chirishlar soni
210 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 08:40 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.21 MB
Ko'rishlar soni
516 marta
Ko'chirishlar soni
210 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx