9-sinf Fizika fanidan dars ishlanma. Molekular-kinetik nazariya haqida tushuncha

9-sinf Fizika fanidan dars ishlanma. Molekular-kinetik nazariya haqida tushuncha

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Fizika fanidan dars ishlanma. Molekular-kinetik nazariya haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

ANDIJON VILOYATI ANDIJON TUMANI 43-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABINING FIZIKA FANI O'QITUVCHISI ISMAILOV MURODJON Darsning blok sxemasi: Mavzu: Molekular-kinetik nazariya haqida tushuncha a)Ta'limiy:O'quvchilarga - fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o'rganishi haqida, uning yo'nalishlari haqida ma'lumot berish. b) Tarbiyaviy: O'quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog'lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo'lgan qiziqishlarini tashkil toptirish c) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o'rgatish, fanga qiziqishini ortirish. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan'aviy, an'anaviy. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash, Express test. Zina poya MI metodlar. Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, videoproyektor, tarqatma materiallar. tashkiliy qism O'quvchilar bilan salomlashish davomatni aniqlash darsga tayyorgarlik ko'rish Yangi mavzu 1. Molekulyar-kinetik nazariya asoslari 2. Broun harakati nima? 3. Moddaning agregat holatlari. Diffuziya hodisasi. Moddalarda bo'ladigan issiqlik hodisalarini va bu moddalarning ichki xossalarini barcha moddalar tartibsiz harakat qiluvchi zarralardan iboratdir, deydigan tasavvur asosida izohlaydigan nazariya molekular kinetik nazariya deb ataladi. Modda tuzilishining molekular-kinetik nazariyasi quyidagi omillarga asoslanadi: Moddalar zarralardan - atom va molekulalardan tashkil topgan. 2. Atom va molekulalar to'xtovsiz va tartibsiz harakat qiladi. 3. Atom va molekulalar o'zaro tortishish va itarilish kuchlari mavjud. Bu omillar gaz, suyuq va qattiq holatdagi moddalarda sodir bo'ladigan diffuziya hodisasida yaqqol namoyon bo'ladi. 1. Xonaning bir chekkasiga atir sepilsa, uning hidi xonaning boshqa chekkasiga yetib keladi. Bu hid, ya'ni atir molekulalardan tashkil topgan. Atir molekulalari xona bo'ylab to'xtovsiz va tartibsiz harakatda bo'ladi. Atir hidi bizga yetib kelguncha ma'lum vaqt o'tadi. Bunga sabab atir molekulalari o'z yo'lida havodagi son-sanoqsiz molekulalar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 124.46 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 124.46 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga