11-sinf Fizika dars ishlanma. Tokli o'tkazgichni magnit maydonda ko'chirishda bajarilgan ish

11-sinf Fizika dars ishlanma. Tokli o'tkazgichni magnit maydonda ko'chirishda bajarilgan ish

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Fizika dars ishlanma. Tokli o'tkazgichni magnit maydonda ko'chirishda bajarilgan ish - rasmi

Material tavsifi

11-sinf fizika darsligi asosida 4-mavzu: Tokli o'tkazgichni magnit maydonda ko'chirishda bajarilgan ish Ikki parallel a va b silliq metall simlar bir-biridan l uzoqlikda joylashtirilgan bo'lib, ularning ustiga yengil c metall o'tkazgich qo'yilgan holni qaraylik (1.12-rasm). O'tkazgichlar tizimi magnit induksiyasi B bo'lgan bir jinsli maydonga joylashgan. 1.12-rasmdagi belgisi magnit maydon induksiya vektori bizdan rasm tekisligi tomon tik yo'nalganligini anglatadi. a va b o'tkazgichlar tok manbayiga ulanganda c o'tkazgich orqali tok o'ta boshlaydi. Bunda l uzunlikdagi tokli o'tkazgichga magnit maydoni tоmonidan F = I· B · l Amper kuchi ta'sir qiladi. Tok yo'nalishi bilan magnit maydon induksiyasi yo'nalishi orasidagi burchak 90° ekanligini bilgan holda kuchning yo'nalishi chap qo'l qoidasiga binoan aniqlanadi. Bu kuch c o'tkazgichni d masofaga siljitib, ish bajaradi. Bu ifodadagi l·d ko'paytma o'tkazgichning harakati davomida chizgan yuzadan iborat, ya'ni S = l·d Harakat davomida o'tkazgichni kesib o'tgan magnit oqimi ∆Ф =B·∆S ga tengligidan: ko'rinishdagi ifodaga ega bo'lamiz Shuni ta'kidlash joizki, bu ish magnit maydon tomonidan emas, balki zanjirni tok bilan ta'minlab turuvchi manba energiyasi hisobidan bajariladi. Demak, tokli o'tkazgichni magnit maydonda ko'chirishda Amper kuchining bajargan ishi o'tkazgichdan o'tayotgan tok kuchi va magnit oqimi o'zgarishining ko'paytmasiga teng ekan. Magnit maydonda tokli o'tkazgichni ko'chirishda bajariladigan ishdan amaliyotda keng foydalaniladi. U transport, maishiy texnika va elektronika sohalarida qo'llanilishi bilan muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda juda keng ishlatilayotgan elektron qulflar bunga misol bo'la oladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 409.59 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 409.59 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga