11-sinf Fizika fanidan dars ishlanma. Moddalarning magnit xossalari

11-sinf Fizika fanidan dars ishlanma. Moddalarning magnit xossalari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Fizika fanidan dars ishlanma. Moddalarning magnit xossalari - rasmi

Material tavsifi

MODDALARNING MAGNIT XOSSALARI 11-sinf fizika darsligi asosida 9-mavzu: Ko'pgina (masalan, temir, nikel, kobalt kabi) moddalar magnit maydonga kiritilganda yoki ulardan tok o'tganda magnitlanib qolishi kuzatiladi. Ular magnit kabi atrofida magnit maydonni hosil qiladi. Magnit maydon ta'sirida magnitlanib qoladigan bunday moddalarga magnetiklar deyiladi. Biz 2-mavzuda g'altak ichida hosil bo'lgan magnit maydon g'altakdan o'tayotgan tok kuchiga proporsional ekanligini ko'rib o'tganmiz. G'altak ichidagi magnit maydonni baholash maqsadida quyidagi namoyish tajribasini o'tkazish mumkin. Namoyish qurilmaning umumiy ko'rinishi 2.5-a rasmda keltirilgan. Namoyish qurilmasi tok manbayi, ikkita g'altak, turli moddadan yasalgan o'zaklar, ampermetr va kalitdan iborat. G'altakka kuchlanishni o'zgartirmasdan, uning ichiga navbatma-navbat turli xil tabiatli metall o'zaklar kiritilib tajriba takrorlansa, uning ichidagi magnit maydon induksiyasining ham turlicha o'zgarishi tufayli galvanometr strelkasi og'ishining turlicha o'zgarishini ko'ramiz (2.5-b rasm). G'altak ichida hosil bo'layotgan magnit maydon induksiyasi unga kiritilgan moddaning tabiatiga bog'liq ekan, ya'ni: Demak, tokli g'altakning biror muhitda hosil qilgan magnit maydonining induksiyasi (B), uning vakuumda hosil qilgan magnit maydon induksiyasi (B0 ) ga to'g'ri proporsional bo'lib, muhitning turi (μ) ga ham bo'g'liq bo'ladi. (2- 6) ifodadan μ ni topsak: Bu tenglikdagi μ - muhitning magnit singdiruvchanligi deb ataladi. U faqat muhitning tabiatiga bog'liq bo'lib, muhitdagi maydon induksiyasi, vakuumdagi magnit maydon induksiyasidan necha marta farq qilishini bildiradi Tabiatda uchraydigan barcha moddalar magnit singdiruvchanligiga qarab uch turga bo'linadi. Bular: diamagnetiklar, paramagnetiklar va ferromagnetiklar. Magnit singdiruvchanligi birdan kichik (μ 1) bo'lgan moddalarga paramagnetiklar deyiladi. Paramagnetiklarga platina, alyuminiy, xrom, marganes, kislorod kabi moddalar kiradi. Magnit maydonga kiritilgan paramagnetiklar maydonni qisman kuchaytiradi. Magnit singdiruvchanligi birdan juda katta (μ 1) bo'lgan moddalar ferromagnetiklar deyiladi. Temir, nikel, kobalt va ularning ba'zi qotishmalari ferromagnetiklardir. Magnit maydonga kiritilgan ferromagnetiklar uni kuchaytiradi. Bunday moddalardan yasalgan jismlarni magnit maydoniga kiritilganda maydonga yaqinlashadi (2.7-rasm) Ferromagnetiklar tabiatda uncha ko'p bo'lmasa-da, ular hozirgi zamon texnikasida keng qo'llaniladi. Masalan, transformator, tok generatori, elektrodvigatel va boshqa qurilmalarning o'zaklari ferromagnit materiallardan yasaladi. Keyingi paytlarda doimiy magnitlar tibbiyotda ham keng qo'llanilib kelmoqda. Ulardan qon bosimini pasaytiruvchi moslama sifatida qo'lga taqiladigan bilaguzuk tayyorlanmoqda. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 256.45 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 62 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:50 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 256.45 KB
Ko'rishlar soni 262 marta
Ko'chirishlar soni 62 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga