1-MAVZU: ASTRONOMIYA NIMANI O'RGANADI? UNING RIVOJLANISH TARIXI VA BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI REJA: Astronomiya nimani o'rganadi? Astronomiyaning qisqacha rivojlanish tarixi. Astronomiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Savol va topshiriqlar Astronomiya nimani o'rganadi? Astronomiya - koinotning bizga eng yaqin va uzoq obyektlarini, tizimlarining harakatlari va fizik tabiatlarini o'rganadigan fan astronomiya deb ataladi. Astronomiya so'zi yunoncha «astro» - yulduz, «nomos» - qonun degan so'zlardan tashkil topgan bo'lib, u osmon jismlari, ularning tizimlarining kelib chiqishi va tuzilishi, harakatlari, fizik tabiatlari va evolutsiyalarini o'rganadigan fandir. Astronomiyaning qisqacha rivojlanish tarixi Astronomiya ham boshqa barcha fanlar singari jamiyatning amaliy ehtiyojlari asosida vujudga kelgan. Astronomiyaning kurtaklari Bobil, Misr, Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlarda bundan bir necha ming yil avval mavjud bo'lgan. Qadimda yunon astronomlari, kuzatishlar bilan bir qatorda, kuzatilgan astronomik hodisalarning kelib chiqish sabablarini tushuntirishga harakat qilganlar. Xususan, Pifagor Yerning sharsimon shaklda ekanligi haqida fikr bildirgan, Aristotel esa Olamni markazida harakatsiz Yer joylashgan degan geosentrik sistemaga asos solgan. Aleksandriyalik Eratosfen mil. avv. II asrda birinchilardan bo'lib, Yer meridiani 1° li yoyining uzunligini va keyinchalik shu asosda, planetamizning radiusini o'lchadi. Aristotel (mil. avv. IV asr) Mashhur yunon olimi va faylasufi Gipparx yuzlab yulduzlarning koordinatalarini o'zida aks ettirgan birinchi yulduzlar katalogini (jadvalini) tuzdi. Milodning II asrida mashhur yunon astronomi Klavdiy Ptolemey «Megale sintaksis» (Buyuk tuzilish) nomli asarida yunon astronomiyasi yutuqlarini umumlashtirib, planetalarning ko'rinma-sirtmoqsimon harakatlarini tushuntira oladigan va asosida Aristotel-Gipparxlarning geosentrik, ya'ni markazda Yer joylashgan degan nazariyasi yotgan, Olam tuzilishi haqidagi yangi ta'limotni yaratdi Bu ta'limotiga ko'ra, o'sha paytda ma'lum bo'lgan beshta planeta (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn) Yer ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 10:27:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.49 MB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 10:27 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.49 MB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx