11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Astronomiyada uzunlik o'lchov birliklari va Kepler qonunlari

11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Astronomiyada uzunlik o'lchov birliklari va Kepler qonunlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Astronomiyada uzunlik o'lchov birliklari va Kepler qonunlari - rasmi

Material tavsifi

1. Astronomiyada uzunlik o'lchov birliklari 2. Kepler qonunlari

9-MAVZU: ASTRONOMIYADA UZUNLIK O'LCHOV BIRLIKLARI VA KEPLER QONUNLARI REJA: 1. Astronomiyada uzunlik o'lchov birliklari 2. Kepler qonunlari Astronomiyada uzunlik o'lchov birliklari Astronomiyada uzunlikni xalqaro sistemada qabul qilingan birlikda (metrlarda) ifodalash har doim ham qulay bo'lavermaydi. Shuning uchun ham astronomiyada uzunlik, uning mavjud birliklaridan tashqari yana quyidagi maxsus birliklar bilan ham o'lchanadi: Astronomik birlik (a.b.) - Quyoshdan Yergacha bo'lgan o'rtacha masofa 149,6 million kilometrga teng. Bu birlikdan, asosan, Quyosh sistemasidagi osmon jismlarigacha (planetalar, kometalar, Oy va boshqalar) bo'lgan masofalarni ifodalashda foydalaniladi. Yorug'lik yili (y.y.) - yorug'likning bir yilda o'tgan yo'li bilan tavsiflanadi. Buning uchun 1 yilni sekundlarda ifodalab, so'ngra yorug'lik tezligiga ko'paytirishimiz lozim. Unda 1 yorug'lik yili (1 y.y.) 9,46 · 1015 km ga tengligini aniqlaymiz. Topilgan natijani 149,6 mln km ga bo'lsak, 1 y.y. ning astronomik birliklardagi qiymatini topamiz. U 63240 a.b. ga teng chiqadi. Parsek (pk) - «parallaks» va «sekund» so'zlaridan olingan bo'lib, yillik parallaksi 1 ga teng bo'lgan yoritgichgacha masofani ifodalaydi: 1 pk = 3,26 y.y. = 206265 a.b. = 30,86 · 1012 km. Kepler qonunlari XVI asrda planetalarning harakatlarini kuzatib, ularning o'rinlarini aniq belgilashda daniyalik olim Tixo Brage (1546-1601) katta yutuqlarni qo'lga kiritdi. U o'zining astronomik kuzatish asboblari yordamida yoritgichlarning osmondagi o'rinlarini juda katta aniqlikda belgilashga erishdi. Bu aniqlik 2' ni tashkil etdi. Umrining oxirgi yillarini Pragada o'tkazayotgan Brage shogirdlikka nemis astronomi Keplerni taklif etdi. Kepler taklifni qabul qilib, Pragaga ko'chib keldi. Biroq ko'p o'tmay ustozi Brage vafot etadi va uning qimmatli kuzatish materiallari ishonchli shogirdi Keplerning qo'lida qoldi.Kepler ko'p yillik hisoblashlar natijasida Yerning Quyoshdan uzoqligi va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.71 MB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.71 MB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga