11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Fizik o'zgaruvchi yulduzlar. Sefeidlar, yangi va o'ta yangilar

11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Fizik o'zgaruvchi yulduzlar. Sefeidlar, yangi va o'ta yangilar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Fizik o'zgaruvchi yulduzlar. Sefeidlar, yangi va o'ta yangilar - rasmi

Material tavsifi

1. Pulsatsiyalanuvchi o'zgaruvchan yulduzlar 2. Eruptiv o'zgaruvchan yulduzlar 3. O'tayangi yulduzlar (Supernovalar)

23-MAVZU. FIZIK O'ZGARUVCHI YULDUZLAR: SEFEIDLAR, YANGI VA O'TA YANGILAR REJA: Pulsatsiyalanuvchi o'zgaruvchan yulduzlar Eruptiv o'zgaruvchan yulduzlar O'tayangi yulduzlar (Supernovalar) Pulsatsiyalanuvchi o'zgaruvchan yulduzlar Pulsatsiyalanuvchi o'zgaruvchan yulduzlar - ravshanliklarining bir maromda (me'yorda) o'zgarishi bilan xarakterlanadi. Bu xildagi o'zgaruvchan yulduzlarning ravshanliklarining o'zgarishi, asosan, ularning sirt qatlamlarining Pulsatsiyalanishi hisobiga bo'lgani uchun ham ular shunday nomlanadi. Pulsatsiyalanish tufayli bunday yulduzlarning radiuslari ortayotganda, ularning yorqinligi va temperaturasi maksimumga erishadi, aksincha kichrayayotganda (ya'ni yulduz siqilayotganda) esa, yorqinligi va harorati kamayadi. Pulsatsiyalanuvchi o'zgaruvchan yulduzlar, davrlarining uzunligi va ravshanliklarining o'zgarish darajasiga ko'ra quyidagi tiplarga bo'linadi: Sefeidlar Ravshanliklarining egriligi alohida shaklga ega bo'lib, ularning asosiy fizik kattaliklaridan hisoblangan ko'rinma yulduz kattaliklarining vaqt bo'yicha o'zgarish davri bir necha sutkadan bir necha o'nlab sutkagacha boradi. Bunday yulduzlar ravshanligrning egriligi Sefey yulduz turkumi δ yulduzining o'zgarishiga o'xshaganligi tufayli ular sefeidlar deb ataladi. Spektr yorqinlik diagrammasidagi o'rni Sefeidlar F va G sinflarga kiruvchi gigant va o'ta gigant yulduzlar bo'lganidan ularni galaktikamizdan tashqaridagi obyektlarda ham ko'rishning imkoni bor. Shundan kelib chiqib, 1908 yilda Genrietta Livitt Katta va Kichik Magellan bulutlaridagi bir qancha ravashanligi o'zgarish davri kattaroq bo'lgan sefeidlarni qayd qildi. Kichik Magellan buluti Katta Magellan buluti RR Lira tipidagi o'zgaruvchan yulduzlar (Liridlar) A spektral sinfiga kiruvchi gigant yulduzlar bo'lib, ravshanligining o'zgarish intervali 1 dan 2 yulduz kattaligiga qadar bo'ladi. Spektral sinflarining o'zgarishi A va F sinflar bilan chegaralanadi. Bu tipdagi yulduzlarning ravshanliklarining o'zgarish davri 0,05 sutkadan 1,2 sutkagacha bo'lib, juda katta aniqlik bilan kuzatiladi. Kit yulduz turkumidagi Mira tipidagi yulduzlar (Miridlar) Uzun davrli o'zgaruvchan yulduzlardan bo'lib, ularning o'zgarish davri 80 sutkadan 100 va undan ortiq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.71 MB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.71 MB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga