11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Fizik qo'shaloq yulduzlar va ularning turlari

11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Fizik qo'shaloq yulduzlar va ularning turlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Fizik qo'shaloq yulduzlar va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

1. Qo'shaloq yulduzlar. 2. Vizual qoshaloq yulduzlar. 3. Yulduzlarning massalarini hisoblash

22-MAVZU: FIZIK QO'SHALOQ YULDUZLAR VA ULARNING TURLARI REJA: Qo'shaloq yulduzlar. Vizual qoshaloq yulduzlar. Yulduzlarning massalarini hisoblash. Qo'shloq yulduzlar Osmonda yulduzlar bir-biriga yaqin yoki ustma-ust ko'rinish mumkin bularni biz qo'shaloq yulduzlar deb ataymiz. Ular 2 turga bo'linadi. 1. Optik qo'shaloq yulduzlar. 2. Fizik qo'shaloq yulduzlar. Aslida bir-biridan uzoq bo'lib bizga qo'shaloq bo'lib ko'ringan yulduzlar optik qo'shaloq yulduzlar deyiladi. Ikki yulduz fazoda o'zaro tortish kuchi ta'sirida massa markazi atrofida harakatda bo'lsalar, bunday o'zaro dinamik bog'langan sistemaga fizik qo'shaloq yulduzlar deyiladi. Ba'zi qo'shaloq yulduzlar Fizik qo'shaloq yulduzlar ikkita asosiy va yo'ldosh yulduzdan tashkil topgan. Bunday sistemalarda asosiy yulduz atrofida planeta emas yo'ldosh yulduz aylanadi, yoki ikkalasi ham umumiy markaz atrofida aylanadi. Vizual qo'shaloq yulduzlar. Agar fizik qo'shaloq yulduzlarning tashkil etuvchilari quvvatli teleskop bilan qaralganda, bir-biridan bevosita ajratib ko'rish mumkin bo'lgan yoy masofada joylashgan bo'lsa, ular vizual qo'shaloq yulduzlar deyiladi. O'zaro juda zich va juda kichik yoy masofada joylashgan qo'shaloq yulduzlarni bevosita ajratib ko'rishning hech iloji yo'q bo'lib, ularning qo'shaloqligi fotometrik yoki spektral usul yordamida aniqlanadi. Shunga ko'ra ular, mos ravishda, tutiluvchi va spektral qo'shaloqlar deb yuritiladi. Tutiluvchi qo'shaloq yulduzlar Tutiluvchi qo 'shaloq yulduzlarning tipik vakili qadimda arablar aniqlagan va Algul («Devning ko'zi» ma'nosini beradi) deb atalgan Persey yulduz turkumining β yulduzidir. Bu qo'shaloq yulduzlarning orbita tekisliklari qarash chizig'i bo'ylab yotganidan, umumiy mas sa markazi atrofida aylanayotganda, ular bir-birini to'sib o'tadi va natijada bu hol yulduz ravshanligini davriy ravishda (~3 sutkalik) o'zgartirib, uning, qo'shaloqligidan darak beradi. Tutiluvchi qo'shaloq yulduzlarning ravshanligi va davri orasidagi bog'lanishni garafik ravishda tushuntirilishi Spektral qo'shaloq yulduzlar Spektral qo 'shaloq yulduzlarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.99 MB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.99 MB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga