11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Galaktikamizning tuzilishi, tarkibi va aylanishi

11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Galaktikamizning tuzilishi, tarkibi va aylanishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Galaktikamizning tuzilishi, tarkibi va aylanishi - rasmi

Material tavsifi

1. Galaktikamiz tuzilishi 2. Sochma (tarqoq) yulduz to'dalari 3. Sharsimon yulduz to'dalari

25-MAVZU: GALAKTIKAMIZNING TUZILISHI, TARKIBI VA AYLANISHI REJA: Galaktikamiz tuzilishi Sochma (tarqoq) yulduz to'dalari Sharsimon yulduz to'dalari Galaktikamiz tuzilishi Tunda qorong'i osmonga qarasak, butun osmon bo'ylab cho'zilgan yorug' - somon to'kilgan yo'lni eslatuvchi tasmaga ko'zimiz tushadi. Oddiy dala durbini yoxud kichikroq teleskopdan Somon Yo'liga qaralganda, u g'ij-g'ij yulduzlardan tashkil topganini ko'ramiz. Bizning Quyosh ham (bir oddiy yulduz sifatida) shu ulkan yulduzlar sistemasining a'zosi bo'lgani uchun biz uni bizning galaktikamiz deb ataymiz Galaktikamizga yon tomondan qaralsa, uning shakli qavariq linza ko'rinishiga o'xshaydi. Uning diametri salkam 100 ming yorug'lik yiliga, qalinligi esa 7 ming yorug'lik yiliga tengdir. Quyosh sistemasi galakt ikamizning markazidan uning radiusining 23 qismiga teng (30 ming yorug'lik yili masofada) joylashadi 0 Hisob-kitoblar Galaktikamizda 200 mlrd ga yaqin Yulduz borligini ma'lum qiladi. Yulduzlar Galaktikamizning asosiy qismini tashkil qiladi. Unda yulduzlardan tashqari ularning turli sistemalari (tumanliklar, yulduz to'dalari), yulduzlararo gaz va chang muhit, kosmik nurlar, vodorod atomlarining gazlari va boshqalar uchraydi. Kuzatishlar barcha yulduzlar, jumladan Quyosh, o'z planetalarini ergashtirib, Galaktikamiz yadrosi atrofida aylanishini ma'lum qiladi. Yulduzlarning sharsimon va sochma (tarqoq) to'dalari Galaktikamizda uchraydigan birnecha yuzdan birnecha minggacha bo'lgan, o'zaro dinamik bog'langan yulduzlarning sistemalari yulduz to'dalari yoki g'ujlari deb yuritiladi. Tashqi ko'rinishiga ko'ra yulduz to'dalari ikki guruhga - sochma yoki tarqoq va sharsimon to'dalarga bo'linadi. Sochma (tarqoq) yulduz to'dalari Bir necha o'n yulduzdan bir necha minggacha yulduzlarni o'z ichiga olgan yulduz to'dalari tarqoq yulduz to'dalari deyiladi. Galaktikamizda 800 ga yaqin sochma yulduz to'dalari bo'lib, ularning diametri 1,5 parsekdan 20 parsekkacha boradi. Sochma yulduz to'dalarining yaxshi o'rganilgan vakili - Savr yulduz turkumidagi Hulkar deb ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.12 MB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.12 MB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga