11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Nurlanish qonunlari va osmon jismlarining fizik tabiatlarini spektral metodlar yordamida o'rganish

11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Nurlanish qonunlari va osmon jismlarining fizik tabiatlarini spektral metodlar yordamida o'rganish

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Nurlanish qonunlari va osmon jismlarining fizik tabiatlarini spektral metodlar yordamida o'rganish - rasmi

Material tavsifi

1. Spektral analiz 2. Dopler effekti 3. Spektrga ko'ra yoritgichning temperaturasini ham aniqlash 4. Zeeman effekti

12-MAVZU: NURLANISH QONUNLARI VA OSMON JISMLARINING FIZIK TABIATLARINI SPEKTRAL METODLAR YORDAMIDA O'RGANISH REJA: Spektral analiz Dopler effekti Spektrga ko'ra yoritgichning temperaturasini ham aniqlash Zeeman effekti Spektral analiz Ko'pchilik osmon yoritgichlarining nurlanishlari ular haqidagi fizik ma'lumotlarning manbayi hisoblanadi. Ularning nurlanish spektrini o'rganish orqali yoritgich manbayining miqdoriy tarkibi, temperaturasi, magnit maydoni, qarash chizig'i yo'nalishida harakat tezligi (nuriy tezlik) va ularning boshqa fizik xarakteristikalariga doir ma'lumotlarni olish mumkin. Bunday usul spektral analiz deb yuritilib, u yorug'likning dispersiya hodisasiga asoslangan. Dopler effekti Osmon jismining Yerga nisbatan qarash chizig'i yo'nalishidagi nuriy tezligi, uning spektrini tahlil qilish asosida topiladi. Agar yorug'lik manbayi yerga yaqinlashayotgan bo'lsa, ularning spektridagi chiziqlarning to'lqin uzunligi kamayadi, ya'ni spektrning qisqa to'lqinli tomoniga, agar u uzoqlashayotgan bo'lsa, u holda chiziqlar spektrning uzun to'lqinli tomoniga (qizil tomoniga) siljiydi. Spektrga ko'ra yoritgichning temperaturasini ham aniqlash Jism qip-qizil rangga kirguncha qizdirilsa, uning tutash spektrining qizil qismi qolgan qismlariga nisbatan ravshan ko'rinadi. U yanada qizdirilsa, uning spektridagi ravshan sohasi tartib bilan sariq, yashil, keyin havorang qismlarga siljib boradi. Bu hodisa, yoritgich spektridagi nurlanish energiyasi maksimumiga mos to'lqin uzunligining manba temperaturasiga bog'liqligini ushbu λmax T = 0,29 sm.grad Vinning formulasi yordamida aniqlashga imkon beradi. Zeeman effekti Agar nurlanayotgan plazma atomlari Quyosh dog'ining magnit maydonida bo'lganda, alohida spektral chiziqning bo'laklarga bo'linishi kuzatiladi (ayniqsa, Quyosh dog'ining yadrosiga tegishli qismida). Bu hodisa Zeeman effekti deb yuritiladi. Bunda magnit maydoni kuchlanganligining kattaligi H, hosil bo'lgan spektral chiziqlarning chetki komponentalar to'lqin uzunliklarining ayirmasiga Δλ proporsional bo'lib, quyidagicha topiladi: H=k Δλh bu yerda k - proporsionallik koeffitsiyenti bo'lib, u spektral chiziqning magnit sezgirligiga bog'liq ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 319 marta
Ko'chirishlar soni 88 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.01 MB
Ko'rishlar soni 319 marta
Ko'chirishlar soni 88 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga