4-MAVZU: OLAM QUTBINING BALANDLIGI VA JOYNING GEOGRAFIK KENGLAMASI ORASIDAGI BOG'LANISH REJA: Turli geografik kenglamalarda osmon sferasining sutkalik ko'rinma aylanishlari. Yoritgichlarning kulminatsiyasi va kulminatsiya balandliklari. Astronomik kuzatishlar asosida joyning geografik kenglamasini taxminiy aniqlash. Olam qutbining balandligi va joyning geografik kenglamasi orasidagi bog'lanish Turli geografik kenglamalarda osmon sferasining sutkalik ko'rinma aylanishlari 1-hol. Kuzatuvchi =0o geografik kenglamada, ya'ni ekvatorda bo'lsin. U holda Olam qutbining balandligi haqidagi teoremaga muvofiq, olam qutblari matematik gorizont bilan ustma-ust tushadi, chunki hp= = 0. Olam o'qi esa tush chizig'i bo'ylab yo'naladi. Osmon ekvatori aylanasi tekisligi, olam o'qiga tik bo'lganidan zenit va nadir nuqtalari orqali o'tadi. Yoritgichlarning sutkalik yo'llari, ekvatorga parallel bo'lgan sutkalik parallel aylanalari bo'ylab kechganidan ular ham matematik gorizontga tik va u bilan teng ikkiga bo'linadi. Bundan ko'rinishicha, ekvatorda osmonning shimoliy va janubiy yarim sharidagi barcha yoritgichlarning gorizontni ustida va ostida bo'lish vaqtlari o'zaro teng bo'ladi. Ularning meridiandagi balandliklari h =90o - ga teng bo'ladi. Ekvatordagi kuzatuvchi uchun barcha yoritgichlar chiqadi va botadi. Agar yoritgich ekvator bo'ylab sutkalik ko'rinma harakat qilsa, u zenit orqali o'tadi. 2-hol. =900, ya'ni kuzatuvchi Yer qutblarida bo'lsin. Agar kuzatuvchi shimoliy qutbda bo'lsa, olam shimoliy qutbining balandligi hp = 900, ya'ni zenit bilan ustma-ust tushadi, u holda olam o'qi vertikal o'q bilan, olam ekvatori esa matematik gorizont bilan ustma-ust tushadi. Bunda osmonning shimoliy yarim sharidagi barcha yulduzlar matematik gorizontga parallel aylanadi va botmaydi. Ularning aylanishi balandliklari yil davomida o'zgarmas bo'lib, shu yoritgichlarning og'ish burchaklariga teng bo'ladi, yani h=δ . Bunda kuzatuvchi Shimoliy qutbda tursa barcha tarafi janub nuqtasi bo'ladi. Janubiy qutbda tursa ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 10:27:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.57 MB
Ko'rishlar soni
304 marta
Ko'chirishlar soni
82 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 10:27 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.57 MB
Ko'rishlar soni
304 marta
Ko'chirishlar soni
82 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx