11-MAVZU: OSMONNI ELEKTROMAGNIT TO'LQINLI NURLARDA O'RGANISH - KENG TO'LQINLI ASTRONOMIYANING ASOSI REJA: Osmonni elektromagnit to'lqinli nurlarda o'rganish - keng to'lqinli astronomiyaning asosi Optik teleskoplar Teleskoplaming asosiy xarakteristik kallaliklari Radioteleskoplar haqida tushuncha Ulug'bek rasadxonasining «bosh teleskopi» Osmonni elektromagnit to'lqinli nurlarila o'rganish - keng to'lqinli astronomiyaning asosi Maxsus asbob yordamida elektromagnit tebranishlami turli to'lqin uzunlikli spektrga ajratish mumkin. Yorug'lik nuri shaffof uchburchakli prizma orqali o'tkazilganda, u aynan shunday tashkil etuvchilarga ajralib, unda tartib bilan ketma-ket joylashgan nurlar jilolanadi. Bunday oq nurdan tashkil topgan nurning ranglari ularning to'lqin uzunliklari bilan aniqlanadi. Kishining normal ko'zi taxminan to'lqin uzunligi 0,4 mkm dan (binafsha nur) 0,7 mkm gacha (qizil nur) bo'lgan to'lqinlarni yaxshi ko'radi. Elektromagnit to'lqinlar shkalasidagi eng qisqa to'lqin uzunlikli nurlanishlar gamma-nurlar, eng uzuni esa radioto'lqinlar hisoblanadi. Ma'lumki, Yer atmosferasi, ko'zga ko'rinadigan elektromagnit (optik) nurlar, shuningdek, ko'zga qisman ko'rinadigan ultrabinafsha va infraqizil hamda radiodiapazonning millimetrli sohasidan to 10-20 metrli qismigacha bo'lgan diapazondagi nurlar uchun shaffof hisoblanadi. Elektromagnit to'lqinlarning qolgan barcha qismlari, Yer atmosferasining turli qatlamlarida kuchli yutilib Yer sirtigacha yetib kela olmaydi. XX asrning ikkinchi yarmida esa, kosmonavtikaning «tug'ilishi», sun'iy yo'ldoshlarni Yer atrofi orbitasiga chiqarilishiga va ularga o'rnatilgan qurilmalar yordamida qisqa to'lqinda (rentgen va gamma) nurlanuvchi obyektlarning topilishiga olib keldi. Shu sababli oxirgi o'n yilliklarda, kosmik stansiyalarga o'rnatilgan maxsus rentgen va gamma teleskoplar yordamida topilgan ko'plab quvvatli manbalarni o'rganish imkoni vujudga keldi. NGC 604 tumanligida yulduzsimon gigant rentgen nurlanishi manbai Optik teleskoplar Astronomlarning eng muhim kuzatish quroli teleskoplardir. Teleskoplar osmon jismlarining ko'rinma burchaklarini kattalashtirib hamda ularni bir necha marta ravshanlashtirib ko'rsatadi. Shuning uchun ham teleskoplar ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 10:27:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.26 MB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 10:27 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.26 MB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx