6-MAVZU: OYNING HARAKATI, FAZALARI VA DAVRLARI REJA: Oyning Yer atrofidagi harakati-siderik davri. Oyning fazalari. Musulmonlarning Oy va Quyosh hijriy kalendarlari. Quyosh va Oy tutilishlari Oyning Yer atrofidagi harakati-siderik davri. Oy planetamiz Yerning tabiiy yo'ldoshi bo'lib, uning atrofida 27,32 sutkalik davr bilan aylanadi. Bu davr Oyning siderik davri yoki yulduz davri deb yuritiladi. Oyning Yer atrofida aylanish yo'nalishi, yulduzlarning Yer atrofidagi ko'rinma aylanishiga qarama-qarshi bo'lib, u g'arbdan sharqqa (ya'ni Yerning o'z o'qi atrofida aylanish yo'nalishi bilan bir xil yo'nalishda) harakat qiladi. Oyning o'z orbitasi bo'ylab harakat tezligi sekundiga 1 kilometrni tashkil etib, yulduzlarga nisbatan har sutkada taxminan 13° siljib boradi. Oy orbitasining tekisligi, Yerning Quyosh atrofida aylanish tekisligi (ekliptika) bilan 5°9' li burchak tashkil qiladi. Qizig'i shundaki, Oy o'z o'qi atrofida va Yer atrofida bir xil - 27,32 sutkalik davr bilan aylanadi. Oyning o'z o'qi atrofida va Yer atrofida aylanish davrlari o'zaro teng bo'lganidan Oy Yerdan qaraganda har doim bir tomoni bilan ko'rinadi. Oyning sinodik davri Oyning ikkinchi davri esa ,uning Quyoshga nisbatan aylanish davri bo'lib, u Oyning ma'lum bir fazasidan ikki marta ketma-ket o'tishi uchun ketgan vaqtga aytiladi. Uning bu davri 29,53 sutka davom etadi va u sinodik davr deb ataladi. Oyning fazalari Ma'lumki, Oy Yer atrofida aylanayotganda, Quyosh nurlarini qaytarishi tufayli bizga ko'rinadi. Bu ko'rinish, ayni o'sha paytda Oyning Quyoshga nisbatan qanday joylashishiga ko'ra turlicha bo'ladi. Yerdan qaraganda Oyning turli shakllarda (yangioy, yarimoy, to'linoy) ko'rinishi uning fazalari deyiladi. Quyosh va Oy tutilishlari Oy Yerning atrofida aylanayotib, ba'zan Quyoshni bizdan to'sib o'tadi. Bunday hol Quyosh tutilishi deyiladi. Bu hodisa har ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 10:27:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.04 MB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 10:27 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.04 MB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx