13-MAVZU: QUYOSH ENG YAQIN YULDUZ. QUYOSH HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT REJA: Quyosh haqida umumiy ma'lumot Quyosh doimiysi va Quyosh yorqinligi. Quyosh fotosferasi va uning tuzilmalari. Quyosh dog'lari Quyosh haqida umumiy ma'lumot Quyoshning diametri 1 million 400 ming kilometr bo'lib, Yer diametridan taxminan 110 marta katta. Boshqacha aytganda, Quyosh hajmiga 1 million 300 mingdan ortiq Yer hajmidagi jism sig'adi. Massasi Yernikidan 330 ming marta ortiq. Quyosh sirtining temperaturasi selsiy shkalasida 5800 gradus atrofida bo'lib, bu temperatura markazga tomon ortib boradi va uning yadrosida taxminan 15 million gradusga yetadi. Quyoshning 1 sekund davomida chiqarayotgan energiyasi 4·1026J bo'lib, 12 ming trillion tonna ko'mirni yoqqanda ajraladigan energiya miqdoriga tengdir. Garchi uning Yerga tushayotgan energiyasining miqdori ham kam bo'lmasa-da, biroq u Quyoshdan ajralayotgan butun energiyaning atigi 2 milliarddan bir qisminigina tashkil qiladi. Quyoshning markazida bosim 200 mlrd atmosferaga yetadi. Uning o'rtacha zichligi 1,41 gsm3. Quyosh ulkan temperaturali olov shardan iborat bo'lib, uni tashkil qilgan gaz oddiy gazlardan farq qiladi va plazma deb yuritiladi. Plazma holatida modda asosan ionlashgan atomlar va erkin elektronlardan iborat bo'ladi. Bunday yuqori temperaturali zich plazma tutash spektrni beradi. Biroq bunda nurlanish Quyoshning atmosfera qatlamlaridan o'tishda, turli atomlar tomonidan mos to'lqin uzunliklaridagi nurlarning yutilishi tufayli Quyosh spektri chiziqli yutilish spektriga aylanadi. Quyosh ham barcha boshqa osmon jismlari kabi o'z o'qi atrofida aylanadi. Biroq uning aylanishi differensial bo'lib, ekvator sohasi o'rtacha 25 sutkalik davr bilan, qutblari sohasi esa 28-29 kunlik davr bilan aylanadi. Quyosh doimiysi va Quyosh yorqinligi. Quyosh fotosferasi va uning tuzilmalari. Quyosh dog'lari Asosan ko'zning ko'rish chegarasida yotuvchi to'lqin uzunligidagi nurlarni chiqaruvchi ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 10:27:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
10.92 MB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 10:27 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
10.92 MB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx