7-MAVZU:QUYOSH SISTEMASINING TUZILISHI REJA: Quyosh sistemasining tuzilishi to'g'risidagi tasavvurlarning rivojlanishi. Kopernikning olam tuzilishining geliosentrik ta'limoti. Quyosh sistemasining masshtabi va a'zolari Planetalarning konfiguratsiyalari va ko'rinish shartlari Planetalarning Quyosh atrofida aylanish davrlari Quyosh sistemasining tuzilishi to'g'risidagi tasavvurlarning rivojlanishi. Miloddan oldingi IV asrda mashhur yunon faylasufi Aristotel tomonidan Yerning shar shaklida ekanligi isbotlangach, kishilar ongida Koinotning markazida qattiq Yer shari joylashib, uning atrofida yulduzlari bilan qattiq osmon joylashadi va aylanadi degan tasavvur hukmronlik qilardi. Milodning II asrida astronom Ptolemey Olam tuzilishining geosentrik (ya 'ni markazida Yer turadigan) sistemasini yoqlab: Koinotning markazida Yer turib, boshqa planetalar, jumladan, Quyosh, uning atrofida aylanadi. Shuningdek, bu ta'limotga ko'ra, eng so'nggi sferada yulduzlar Yerdan bir xil masofada joylashib, uning atrofida aylanadi, degan xulosaga kelindi. Ptolemeyning olam tuzilishining geosentrik sistemasi Kopernikning olam tuzilishining geliosentrik ta'limoti. XVI asrda mashhur polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473-1543) tomonidan ko'p yillik astronomik kuzatishlar asosida Olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga ko'ra, Olamning markazida Quyosh turib, barcha planetalar, jumladan, Yer uning atrofida tartib bilan aylanadi. Yulduzlar esa, Ptolemey nazariyasidagi kabi eng oxirgi sferada joylashib, Quyoshning atrofida, bir-biriga nisbatan qo'zg'almagan holda aylanadi. Kopernik birinchi bo'lib, planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlanishining sababi, Yerning Quyosh atrofida boshqa barcha planetalar qatori aylanishi tufayli sodir bo'lishini aniqladi. Kopernikning Olamning tuzilishi haqidagi bu nazariyasi geliosentrik nazariya deb nom oldi. Abu Rayhon Beruniyning olam tuzilishi haqidagi fikrlari Olam tuzilishi haqidagi tasavvurlarning shakllanishida vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) katta xizmati bor. U ko'p yillik astronomik kuzatishlariga tayanib, planetalardan Merkuriy va Venera Quyoshdan uzoq keta olmasligini (yoy o'lchovi bilan hisoblanganda) aniqladi va shu ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 10:27:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.31 MB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 10:27 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.31 MB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx