8-MAVZU: SUTKALIK VA SUTKALIK-GORIZONTAL PARALLAKS. QUYOSH SISTEMASI JISMLARIGACHA BO'LGAN MASOFALARNI ANIQLASH REJA: 1. Sutkalik parallaks. 2. Sutkalik-gorizontal parallaks. 3. Quyosh sistemasi jismlarining radiuslarini aniqlash Sutkalik parallaks. Quyosh sistemasiga kiruvchi jismlargacha (planetalar, Oy, mayda planetalar va hokazo) bo'lgan masofalar trigonometrik yo'l bilan sutkalik parallaks deyiluvchi usul yordamida topiladi. Osmon jismidan (M), kuzatuvchi (K) dan o'tgan Yer radiusi uchlariga tortilgan to'g'ri chiziqlar orasidagi burchak, mazkur osmon jismining (yoritgichning) sutkalik parallaks burchagi (u juda kichik bo'lib, yoy sekundlarida o'lchanadi) deyiladi . Biror planetaning sutkalik parallaks burchagini topish uchun bir vaqtda, Yerni ma'lum meridianning ikki nuqtasidan (K va C) kuzatish kerak bo'ladi. Bunda planeta uzoqdagi yulduzlarning fonida parallaktik siljigan holda ikki (M1 va M2) nuqtada ko'rinadi. Agar yoritgich kuzatuvchiga nisbatan gorizontda joylashgan (M0 nuqtada) bo'lsa (rasmga qarang), uning parallaksi sutkalik gorizontal parallaks (p0) deyiladi. Sutkalik gorizontal parallaks Quyosh sistemasi jismlarining radiuslarini aniqlash Rasmda keltirilgan planetaning r radiusini aniqlash uchun bu planetaning sutkalik parallaksi p0 to'g'ri burchakli uchburchak OEP dan: ekanligini keltirib chiqaramiz To'g'ri burchakli uchburchak OPO' dan planetaning ko'rinma radiusi p: ga teng bo'ladi Savol va topshiriqlar: Quyosh sistemasidagi biror jismning parallaks burchagi deb qanday burchakka aytiladi? Quyosh sistemasidagi jismlargacha bo'lgan masofalar qanday topiladi? Radiolokatsion metod yordamida osmon jismlarigacha bo'lgan masofalar qanday topiladi? Quyosh sistemasiga kiruvchi jismlarning o'lchamlari (radiuslari) qanday topiladi? Buning uchun dastlab ularning qanday parametrlarini aniqlash zarur? Planetalarning sutkalik gorizontal parallaksi (po) va ko'rinma radiuslariga (ρ) ko'ra ularning radiuslarini (r) hisoblash formulasini yozing. ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 10:27:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.61 MB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 10:27 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.61 MB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx