11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Tashqi galaktikalar. Galaktikalarning sinflari va spektrlari

11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Tashqi galaktikalar. Galaktikalarning sinflari va spektrlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Tashqi galaktikalar. Galaktikalarning sinflari va spektrlari - rasmi

Material tavsifi

1. Andromeda galaktikasi, Katta va Kichik Magellan bulutlari 2. Galaktika turlari, Habbl tasnifi 3. Galaktikalar evolutsiyasi 4. Radiogalaktikalar 5. Kvazarlar

27-MAVZU: TASHQI GALAKTIKALAR. GALAKTIKALARNING SINFLARI VA SPEKTRLARI Reja: 1. Androme'da galaktikasi, Katta va Kichik Magellan bulutlari 2. Galaktika turlari, Habbl tasnifi 3. Galaktikalar evolutsiyasi 4. Radiogalaktikalar 5 Kvazarlar Androme'da galaktikasi O'tgan asming 20-yillarida tumanliklargacha masofalarni aniqlash imkoni tug'ilgach, ulardan anchasi oddiy tumanlik bo'lmay, millionlab yulduzlardan tashkil topgan tashqi galaktikalar ekanligi ma'lum bo'ldi. Ulkan tashqi galaktikalardan biri Androme'da yulduz turkumida proyeksiyalanib ko'rinadi va shu yulduz turkumining nomi bilan Androme'da galaktikasi (ba'zan Androme'da tumanligi) deb yuritiladi. Androme'da galaktikasi bizdan 2 million yorug'lik yiliga teng masofada yotadi. Havo tiniq bo'lgan tog'li hududlarda tunda uni oddiy ko'z bilan ko'rsa bo'ladi. Katta va Kichik Magellan bulutlari Magellan bulutlari osmonning janubiy yarim shari obyektlari hisoblanib, XVI-asrga qadar ular «Kap bulutlari» nomi bilan ma'lum edilar va dengiz kemalarini boshqarishda hamda navigatsiya masalalarida foydalanilgan. 1518-1520 yillarda mashhur sayohatchi va olim Ferdinand Magellan kemada so'zib Yerni aylanib chiqish borasida janubiy yarim shar osmonida Oy o'lchamiga nisbatan biri o'n, ikkinchisi besh marotaba katta bo'lgan bulutlarni kuzatgan. Katta Magellan buluti Katta Magellan bulutining ko'ndalang o'lchami 10 kps. Tarkibidagi yulduzlar turlariga qarab, Katta MB asosan yulduzlaming 1-tur turkumiga kiruvchi (qaynoq gigantlar, spektri O va B bo'lgan yulduzlar, uzun davrli sefeidalar va boshqalar) obyektlardan tashkil topgani uchun u noto'g'ri galaktikalaming IrI sinfiga taa'luqli. Katta MBning massasi bizning Galaktikamiz massasidan 20 marotaba kichik. Katta MB da taxminan 6500 ga yaqin yulduz to'dasi mavjud. Kichik Magellan buluti Kichik Magellan bulutining ko'ndalang o'lchami 2,2 kps. Tarkibidagi yulduzlar turlariga qarab, Kichik MB esa ko'proq yulduzlaming 2-tur turkumiga kiruvchi (qisqa davrli sefeidalar, qizil gigantlar va b.) obyektlardan iborat ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.28 MB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.28 MB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 54 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga