11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Vaqtni o'lchash asoslari

11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Vaqtni o'lchash asoslari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Astronomiya dars ishlanma. Vaqtni o'lchash asoslari - rasmi

Material tavsifi

1. Yulduz va Quyosh vaqti. 2. Mahalliy va dunyo vaqti. 3. Poyas vaqti. 4. Kalendarlar

5-MAVZU:VAQTNI O'LCHASHNING ASOSLARI REJA: Yulduz va Quyosh vaqti. Mahalliy va dunyo vaqti. Poyas vaqti. Kalendarlar Kishilar vaqtni o'lchashga juda qadimdan ehtiyoj sezganlar. Quyoshli kunlarda ixtiyoriy jismning soyasi turli vaqtda turlicha holatlarda bo'lishi va uzunligini o'zgartirib turishini bilgan kishilar soyaning bu xususiyatidan foydalanib, undan vaqtni o'lchash uchun foydalanganlar. Astrоnоmik vaqt uch хil bo'ladi: 1.Yulduz vaqti; 2.Quyosh vaqti; 3.Efеmеrid vaqti; Bular ichida Yerning o'z o'qi atrofida to'la aylanish davriga tayanib vaqtni o'lchash usuli eng qulayi bo'lib, kishilar vaqtni o'lchashning bu usulidan hozirga qadar foydalanadilar. Yulduz vaqti Yerning osmondagi biron-bir yulduzga nisbatan to'la aylanish davri yulduz sutkasi deyiladi. Quyosh vaqti. Biroq kundalik turmushimiz Quyoshning chiqish va botish vaqtlari bilan belgilanganidan, biz Quyosh sutkasi bilan ish ko'ramiz. Shu boisdan, amalda biz ishlatadigan vaqtni o'lchashda Yerning o'z o'qi atrofida Quyoshga nisbatan bir to'la aylanib chiqish vaqti - Quyosh sutkasi asos qilib olingan. Quyosh sutkasi deb, Quyoshni ikki marta ketma-ket yuqori kulminatsiyasidan (boshqacha aytganda, tush paytidan) o'tishi uchun ketgan vaqtga aytiladi. Quyosh vaqti deb, Quyoshning sutkalik ko'rinma harakatida markazining quyi kulminatsiydan ketib, osmonning ma'lum nuqtasiga borguncha ketgan vaqtning Quyosh sutkasi ulushlarida ifodalanganligiga aytiladi. Bu vaqt oralig'i aslida doimo bir xil bo'lmay, biroz o'zgarib turadi. Buning sababi Quyoshning ekliptika bo'ylab ko'rinma harakatining notekisligidadir. Shu sababdan amalda sutkaning uzunligi uchun yil davomida o'zgarib turuvchi Quyosh sutkasining o'rtacha qiymati olinadi va u 24 soat qilib belgilanadi. Mahalliy vaqt Yer sharidagi ma'lum bir punkt uchun yulduz yoki Quyosh vaqti shu joy uchun mahalliy vaqti deyiladi. Ma'lum joyning aniq mahalliy vaqtini bilish, bu joyning geografik uzunlamasini aniqlash uchun ham zarurdir. Ixtiyoriy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 13.54 MB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 13.54 MB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga