26-MAVZU: DIFFUZ VA CHANG TUMANLIKLAR REJA: Chang tumanliklar. Diffuz tumanliklar. Planetar tumanliklar Yulduzlar osmoni tushirilgan fotorasmlarda yulduzlar fazoda bir tekis taqsimlanmaganini sezish mumkin. Buning asosiy sababi, ayrim yulduzlar kam kuzat iladigan sohalarda ularning nurlanishlarini kuchli yutadigan yirik chang materiyaning borligidandir. Galaktikamizda nurlanishni kuchli yutuvchi bunday materiyaning borligini yuz yilcha oldin astronom Y.V. Struve bashorat qilgan edi. Bunday tumanliklar chang tumanliklar deyiladi. Galaktikada bunday tumanliklar ko'p bo'lib, xususan Oqqush yulduz turkumidan boshlanib, Burgut, Ilon, Qavs va Aqrab yulduz turkumlarigacha cho'zilgan chang tasmasi, Somon Yo'lining bu qismida yulduzlarni bizdan «yashirib», unda ulkan qora ayrilikni vujudga keltirgan. Chang tumanliklar «Ko'mir qopi» tumanligi «Ko'mir qopi» qora tumanligi bizdan 150 parsek masofada, o'lchami 8 parsekka yaqin Somon Yo'lidagi tumanlik bo'lib, uning burchak o'lchami 3° ni tashkil etadi. Teleskop bilan kuzatilganda uning ko'rish chegarasida kuzatiladigan xira yulduzlarning soni, tumanlikdan tashqarida shunday maydonda kuza- tiladigan yulduzlar sonidan taxminan 3 martacha kam chiqadi. Bunday yuti- lish, yulduzlarning ko'rinma kattaligini Δm = 1,2m kattalikka o'zgarishiga (xiralashishiga) olib keladi. Ot boshi tumanligi Bu tumanlik 188 yilda Vilyamina Fleming tomonidan Garvard observatoriyasida ochilgan bo'lib, bizdan taxminan 1300 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan. Ot boshi tumanligi Orion yulduz turkumida joylashgan qora gaz-chang tumanlik hisoblanadi. Burgut tumanligi Burgut tumanligi 1745-yilda Jan Filipp Lua de Shezo tomonidan ochilgan bo'lib Messe katalogida M-16 va New General Catalog da NGC 6611 nom bilan qayd qilingan. Burgut tumanligi Ilon yulduz turkumida joylashgan bo'lib bizdan 700 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan gaz tumanlik hisoblanadi. Gazsimon (diffuz) tumanliklar Tim qorong'i osmonda hatto qurollanmagan ko'z bilan ham ko'rish mumkin bo'lgan eng mashhur ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 10:27:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
15.44 MB
Ko'rishlar soni
272 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 10:27 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
15.44 MB
Ko'rishlar soni
272 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx