18-MAVZU: KOMETALAR («DUMLI YULDUZLAR») REJA: Kometalar. Meteorlar. Meteoroid Meteoritlar. Kometalar «Kometa» yunoncha so'z bo'lib, «sochli» degan ma'noni anglatadi. Kometalarga «sochli» yoki «dumli yulduzlar» degan nom ularning Quyosh yaqinida o'tayotgandagi ko'rinishlariga ko'ra berilgan. Kometa Quyosh tomon kelayotib, gigant planetalarning orbitalariga yaqinlashganda, uning massasi mujassamlashgan yadrosi xira yulduz shaklida ko'zga tashlanadi. Kometaning osmon jismlaridan ekanligini 1577-yilda astronom T. Brage aniqlagan. Ungacha kishilar kometani Yer atmosferasi hodisasi deb tushunishgan. 17-asrning boshlarida I.Kepler va G.Galiley «dumli yulduzlar» Quyosh sistemasini to'g'ri chiziq bo'ylab kesib o'tadi va keyin unga butunlay qaytmaydi deb taxmin qildilar. Nyutonning shogirdi Edmund Galley 1337-yildan 1698-yilgacha bo'lgan davrda kuzatilgan 24 ta kometani o'rganib,ularning orbita elementlarini aniqladi. Kometaning tuzilishi Kometalarning yadrosi muzlagan gazlar va ularga yopishgan turli o'lchamdagi chang, tosh va metall zarrachalardan tashkil topadi. Muzlagan gaz aksariyat ammiak, metan, karbonat angidrid, sian va azotdan iborat bo'lib, kometa Quyoshga yaqinlashayotganda yadro uning taftidan intensiv bug'lana boshlaydi va yadro atrofida qalin gaz qatlami - komani vujudga keltiradi. Bunda kometalarning dumlari Quyosh nurlarining bosimi va Quyosh «shamoli» (korpuskular zarrachalarining oqimi) ta'sirida paydo bo'ladi. Kometa Quyoshga yaqinlashgan sayin, komaga gaz va changning intensiv ajralib chiqishi oqibatida unga ta'sir etuvchi bosim kuchi ham ortib, kometaning dumi Quyoshdan teskari tomonga qarab kun sayin cho'zila boradi va millionlab kilometrni tashkil etadi. Meteorlar («uchar yulduzlar») Tunda chiroyli iz qoldirib «uchgan yulduz»larni kim ko'rmagan deysiz? Biroq bu «uchar yulduz»larning haqiqiy yulduzlarga hech aloqasi yo'qligini har kim ham bilmasa kerak. Aslida ular - osmonning «daydi» mayda tosh zarrachalaridir. Meteorlarning kattaliklari millimetrning ulushlarida, massalari esa milligrammlargacha o'lchanadi. Ular Yerga yaqinlashgach, planetamiz atmosferasiga sekundiga ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 10:27:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
18.58 MB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 10:27 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
18.58 MB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx