14-MAVZU: QUYOSH XROMOSFERASI VA TOJI REJA: Xromosfera va uning obyektlari Quyosh toji Quyosh energiyasining manbayi Quyosh aktivligi va uning Yerga ta'siri Xromosfera va uning obyektlari Quyoshning fotosferadan yuqori qatlami xromosfera deyilib (grekcha «xroma» - rang, ya'ni rangli sfera degan ma'noni anglatadi), balandligi 1400 km gacha boradi Protuberanetslar Bu qatlamda uchraydigan ulkan obyektlardan biri - protuberanetslardir. Quyoshdagi bu obyektlar tashqi ko'rinishi bilan gulxan alangasining «tili»ni eslatadi. Alanga «til»larining spektri ularda gaz bosimi, temperaturasi va harakat tezligi kabi fizik kattaliklarini aniqlashga imkon beradi. Protuberaneslarning rivojlanishida magnit maydonining roli katta. Ularga tegishli magnit maydonining kuchlanganr igini o'lchash bunday tajribaning biroz bo'lsada murakkabligi tufayli faqat o'tgan asrning 60-yillaridagina yo'lga qo'yildi. Protuberaneslar atrof xromosferaga nisba- tan ancha zich plazma bulut (temperaturasi 500-100 °C, zichligi - 1 kub santimetrda 1010-1012 zarraga to'g'ri keladi) dan iborat bo'lib, qariyb yuz marta issiqroq Quyosh toji bilan o'ralgan. Protuberaneslar Quyosh gardishi chetida tepalik, pichan g'arami, sirtmoqsimon va voronka kabi turli ko'rinishlarda bo'ladi. Ular aktivliklariga ko'ra bir-biridan farqlanuvchi sokin, aktiv va eruptiv guruhlarga ajratilib o'rganiladi. Aktiv va eruptiv protuberaneslar Quyosh dog'lari bilan bevosita bog'lanishda bo'ladi Xromosfera chaqnashlari Quyoshda kuzatiladigan eng kuchli jarayonlardan boshqa biri xromosfera chaqnashlaridir. Bir necha minut davom etgan chaqnashdan ajraladigan energiyaning miqdori soatiga 100 trilliondan ming kvadrillion kilovatt (1014 ÷1018 kW)gacha yetadi. Bu degani bitta kuchli Quyosh chaqnashi davomida ajralayotgan energiya Yerdagi butun yoqilg'i zaxiralarining yonishidan ajraladigan energiya miqdoriga teng, demakdir. Xromosfera chaqnashlari Quyosh shamoli Chaqnash sohasidagi gaz harakatini atomlarning spektral chiziqlarining holatiga ko'ra o'rganish, zarrachalar oqimining Quyoshdan tashqariga otilish tezligi sekundiga 500 dan 100 kilometrgacha yetishini ma'lum ...

Joylangan
29 Aug 2023 | 10:27:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
16.6 MB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Aug 2023 [ 10:27 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
16.6 MB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx