11-sinf Astronomiya fanidan dars ishlanma. Yulduzlar evolyutsiyasi. Neytron yulduzlar va qora tuynuklar

11-sinf Astronomiya fanidan dars ishlanma. Yulduzlar evolyutsiyasi. Neytron yulduzlar va qora tuynuklar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Astronomiya fanidan dars ishlanma. Yulduzlar evolyutsiyasi. Neytron yulduzlar va qora tuynuklar - rasmi

Material tavsifi

1. Yulduzlar evolutsiyasi. Oq mittilar 2. Neytron yulduzlar 3. Qora o'ra (tuynuk)

24-MAVZU: YULDUZLAR EVOLUTSIYASI. NEYTRON YULDUZLAR VA «QORA O'RALAR» REJA: Yulduzlar evolutsiyasi. Oq mittilar Neytron yulduzlar Qora o'ra Yulduzlar evolutsiyasi Yulduzlar markazida bor vodorod geliyga aylanib bo'lgach, u yerda geliyli yadro paydo bo'ladi. Endi vodorod geliyga yulduzning markaziy qismida emas, balki uning yadrosiga yopishgan sirtida aylana boshlaydi. Bu paytda geliyli yadro ichida energiya manbayi so'ngan bo'lib, u sekin-asta qayta siqilishni boshlaydi va buning hisobiga qattiq qiziydi. Uning temperaturasi 15 · 106 K ga erishgach, geliy endi uglerodga aylanadi. Natijada uning yorqinligi hamda o'lchami orta boradi va oddiy yulduz sekin-asta gigant yoxud o'ta gigant yulduzga aylanadi. Binobarin, yulduzlar hayotining oxirgi bosqichi, ularning butun evolusiyasi kabi, massalarining «qo'lida» bo'lib, Quyoshimiz rusumida yulduzlar (massasi 1,2 Quyosh massasidan katta bo'lmaganlari) sekin-asta kengayib, oxir-oqibatda yulduz yadrosini tashlab ketadi. So'ngra u aylanayotgan qizil gigant yulduz o'rnida kichik, rangdagi qaynoq oq mitti yulduz qoladi. Yulduzlar dunyosi bunday oq mitti yulduzlarga boy. Bundan ko'rinadiki, kopchilik yulduzlar oq mittiga aylangach, bora-bora sovib, o'chib qoladi - «o'ladi». Yulduzlarning massalariga ko'ra evolutsiyasi Neytron yulduzlar Biroq yulduz massasining ma'lum qiymatidan boshlab, yadrodagi gaz bosimi gravitatsiya kuchlariga bas kelolmay uzluksiz siqila boshlaydi, boshqacha aytganda, kollaps (haloqatli siqilish) hodisasi ro'y beradi. Yulduz massasi taxminan 3 Quyosh massasicha bo'lganda, u kollapsdan qochib qutulolmaydi. Bunday yulduz, navbatdagi siqilishi oqibatida neytron yulduzga aylanishi natijasida vujudga kelgan «neytron gaz» bosimi gravitatsiya kuchlariga bas kela olganligi tufayli, u siqilishdan to'xtaydi. Bu o'rinda yana shuni aytish joizki, yulduz qoldiq massasining siqilishi tufayli neytron yulduz o'z-o'zidan vujudga kelmay, u yadroviy portlashni (o'tayangi yulduz ko'rinishida) «boshidan kechirishi» lozim bo'ladi. Bunday portlash tufayli modda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.99 MB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.99 MB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 28 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga