7-sinf O'zbek tili fanidan dars ishlanma. Adabiy o'qish

7-sinf O'zbek tili fanidan dars ishlanma. Adabiy o'qish

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbek tili fanidan dars ishlanma. Adabiy o'qish - rasmi

Material tavsifi

7-sinf O'zbek tili Adabiy o'qish Qarz Bir kuni gapdan gap chiqib, aka-ukalar oyimga hazillashdik: - Har oy pensiya olasiz. Shuncha pulni qayoqqa qo'yyapsiz? Sandiqqa bosyapsizmi? - Sandiq qatta, bolam? - deb kuldi onam. - Qarzlarim bor. O'shanga beraman-da. Akamning qovog'i osildi: - Qarz? Hali birovdan qarz ham olasizmi? - E, senga nima, bolam! Mening ishimga aralashib nima qilasan? Keyin gap boshqa yoqqa aylanib ketdi. Bu suhbatni butunlay unutib yuborgan edim. Qaysi kuni ertalab hovlida aylanib yursam, qo'shnimizning yetti yashar qizchasi Nilufar chiqib qoldi. Oppoq bantik taqib, atlas ko'ylak kiyib olibdi. - Ha, Nilu, yasanib olibsan, mehmonga ketyapsanmi? - dedim erkalab. - Bugun man tug'ildim, - dedi u qop-qora ko'zlarini pirpiratib jilmayarkan. - Iya, yubilyar ekansan-da, shoshmay tur-chi, hozir… Uydan bir hovuch konfet olib chiqdim. - Mana, o'rtoqlaring bilan ye. Nilufar kattalardek jiddiy bosh chayqadi: - Men ishkalad yemayman. Tishim tushgan. - Keyin yana o'sha jiddiy ohangda qo'shib qo'ydi: - Bultur poshsha buvim menga tufli olib beruvdilar. Tug'ilganimda. Qizcha o'ylanib qoldi. - Keyin-chi, Bahoga uch oyoqli velosiped, Baxtiga ko'ylak… Qo'limdan konfet tushib ketdi. O'tkir Hoshimov, Dunyoning ishlari qissasidan Savollar: 1. Qarz nima? 2. Qo'shni qizning ismi nima? 3. Poshsha buvi Bahoga nima sovg'a qilgan edi? O'tkir Hoshimov, Dunyoning ishlari qissasi Yuqoridagi asarni kitobi orqali o'qing, undan yana qo'shimcha hikoyalar o'qing va tahlil qiling. Quydagi rasmning qarzga qanday dahli bor deb o'ylaysiz? Topshiriq Badiiy nutqni oshirish uchun O'lmas Umarbekovning Qiyomat qarz asarini o'qing va qarz haqidagi tushunchalaringizni shakllantiring. Uyga vazifa Qarz haqida ijodiy insho yozing inshodagi qarz so'zi majoziy ma'noda qo'llashni unutmang. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.53 MB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 58 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.53 MB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 58 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga