8-sinf O'zbek tili dars ishlanma. Fe'lning o'zlik va majhul nisbati, ularning yasalishi va qo'llanishi

8-sinf O'zbek tili dars ishlanma. Fe'lning o'zlik va majhul nisbati, ularning yasalishi va qo'llanishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf O'zbek tili dars ishlanma. Fe'lning o'zlik va majhul nisbati, ularning yasalishi va qo'llanishi - rasmi

Material tavsifi

8-sinf O'zbek tili Fe'lning o'zlik va majhul nisbati, ularning yasalishi va qo'llanishi (2-3-dars) 2-DARS Kuz ne'matlari Kuzning birinchi oyi. Mevalar, sabzavot mahsulotlari, qovun-tar vuzlar g'arq pishgan payt. Quyosh chiqishi bilan uning zarrin nurlari dalalarga yoyilib, barglardagi shudringlar rango-rang bo'lib tovlanadi. Ishkomlardagi oltindek uzumlarni, olma-yu anorlarni ko'rib havasingiz keladi. Polizlardagi qovun-tarvuzlarni aytmaysizmi? Bularning barchasi saxovatli kuz ne'matlaridir. Dalalarda hosil yig'im-terimi boshlanadi. Yig'ilgan hosil bozorlarga yuboriladi. Bozorlarimiz kartoshka, piyoz, sholg'om, turp, pomidor kabi sabzavotlar bilan to'lib ketadi. Kuz faslida O'zbekistonga kelgan sayyohlar bu to'kin-sochinlikni ko'rib hayratlanadilar. 3-mashq. Matnni o'qing va berilgan jadvalni to'ldirib yozing. Bajaruvchisi noma'lum bo'lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe'l shakli majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbat shakli ham o'zlik nisbati kabi fe'l asosiga -n, -in, -l, -il qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil qilinadi. Qiyoslang: Bola qoqildi (o'zlik nisbati), tut qoqildi (majhul nisbat). Majhul nisbatda bajaruvchi noaniq bo'ladi va u gap tarkibida to'ldiruvchi vazifasini bajarib keladi. Bilib oling! 4-mashq. Juftlab berilgan gaplarni o'qing. Fe'lning aniq va majhul nisbat shakllarining yasalishi va ma'nolarini qiyoslang. 1. Darsdan keyin xonalarni tozalaymiz. -Darsdan keyin xonalar tozalanadi. 2. Biz partaga ikkitadan o'tirdik. -Partalarga ikkitadan o'tirildi. 3. Bolalar gullarga suv quydilar. -Gullarga suv quyildi. 4. Terimchilar paxtalarni terdilar. -Paxtalar terildi. 5. Navbatchi qo'ng'iroqni chaldi. -Qo'ng'iroq chalindi. 5-mashq. Birinchi ustundagi so'zlarni ikkinchi ustundagi so'zlar bilan bog'lang va berilgan savollarga mos gaplar tuzib, javob yozing. Uyga vazifa. Kuzda bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatgan holda Iqlim va tabiat mavzusida kichik matn tuzing. 3-dARS Kuz kunlarining oyog'i va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq barglar to'qilib terilgan, yer yuzi o'zining qishki sariq kiyimini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.07 MB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.07 MB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga