8-sinf O'zbek tili Buyuk allomalar 1-DARS 1-mashq. Matnni o'qing va savolga javob bering Ajratib ko'rsatilgan fe'llarning nisbat shakllarini izohlang. Allomalar kimlar? Olimlar tabiat va jamiyat bilan bog'liq hodisalarni o'rganadigan, ulardan xulosa chiqaradigan va qonuniyatlarni aniqlab, o'zidan keyingi avlodlarga yetkazadigan insonlardir. Ularning mehnati tufayli bebaho fikrlar xazinasi bo'lmish kitoblar dunyoga keltirilgan. Qadimgi vaqtda olimlar donishmandlar deb atalib, ular ko'p sohalar bilan shug'ullanganlar. Shuning uchun ular allomalar, ya'ni qomusiy olimlar deb ataladi. Qomusiy olimlar, ayniqsa, Sharqda juda ko'p bo'lgan va ular jahon ilm-fanining asoslarini yaratib ketishgan. IX-XI asrlarda Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniylar tomonidan yaratilgan asarlar jahon ilm xazinasining poydevorlari hisoblanadi. Barcha kashfiyotlar, insoniyat erishgan yutuqlar va hozirgi taraqqiyot olimlarning mehnati natijasidir. Siz ham olim bo'lishni va insoniyat rivojiga o'z hissangizni qo'shishni istasangiz, bilimli bo'ling. - Rustam, ayt-chi, kimlarni allomalar deb atashgan? - Allomalar ko'p sohalar bilan shug'ullangan qomusiy olimlar bo'lishgan. Bizning diyorimizdan ham ko'p allomalar yetishib chiqqan - Qaysi davr Beruniy asri deb ataladi? - IX XI asrlar Beruniy asri deyiladi. Bu davrda Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Al-Farg'oniy, Abu Ali ibn Sinolar yashab ijod etishgan 1-topshiriq. Suhbatni rollarga bo'lib o'qing va davom ettiring. Bilib oling! Fe'l nisbatlarini yasovchi qo'shimchalar fe'l asosiga birdan ortiq qo'shilib kelishi mumkin. Masalan: yasanmoq - aniq nisbatda, yasa+n+tir+moq orttirma nisbatda,yasa+n+tir+il+moq=majhul nisbatda Namuna: Yuvmoq (aniq nisbat) yuvdirmoq (orttirma nisbat) - yuvdirilmoq (majhul nisbat). Yuvmoq-yuvdirmoq-yuvdirilmoq; yuvinmoq -yuvintirmoq; ko'rmoq- ko'rintirmoq; ishlamoq-ishlatmoq ishlattirilmoq; yashirmoq - yashirinmoq-yashirintirmoq; yozmoq- yozdirmoq-yozdirilmoq; yopmoq- yopinmoq-yopintirmoq-yopintirilmoq. 2-mashq. Juftlab berilgan fe'l namunadagidek nisbat shaklini ko'rsatib yozing. Buyuk olimlar maktabi VII asrning 60-yillarida Bag'dodda ...

Joylangan
30 Aug 2023 | 08:16:47
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.15 MB
Ko'rishlar soni
382 marta
Ko'chirishlar soni
147 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Aug 2023 [ 08:16 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.15 MB
Ko'rishlar soni
382 marta
Ko'chirishlar soni
147 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:22 ]
Arxiv ichida: pptx