9-sinf O'zbek tili Mehnat baxt keltirar (Fe'l-kesim, ularda yordamchi fe'llarning qo'llanishi) 1-DARS 1-topshiriq. Suhbat matnini to'ldiring. - Mehnat inson uchun nima beradi? - . - Mehnatsiz hayotni qanday tasavvur qilasiz? - . - Nima uchun mehnat baxt keltirar deymiz? - . - Mehnatning tagi rohat deganda nimani tushunasiz? - . 2-topshiriq. Matnni o'qing. Matn yuzasidan topshiriqlarni bajaring. Mehnat - mehnatning tagi rohat Mehnat inson hayotini bezaydigan, unga baxt-saodat keltiruvchi, boylik, farovonlik baxsh etuvchi yagona omildir. Qadim-qadimdan mehnat inson hayotining mazmuniga aylangan. Insonlarning obro'-e'tiborli bo'lishi halol mehnat orqasidandir. Halol mehnat insonga zavq-shavq, rohat baxsh etadi, insonni ulug'laydi. Shuning uchun ham Mehnat - mehnatning tagi rohat deyiladi. Bu naqlga amal qilgan ota-bobolarimiz farzandlarini yoshlik chog'idan mehnatsevarlikka o'rgatganlar. Lug'at qadim-qadimdan - испoкон веков halol mehnat orqasidan - за счёт честного труда ulug'laydi - возвеличивает Matn yuzasidan topshiriqlar: 1. Matndan tayanch so'zlarni toping, ular ishtirokida gaplar tuzing. 2. Halol mehnat deganda nimalarni tushunasiz. 3. Matn mazmunini so'zlab bering. Qoidani yod oling! Fe'lning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe'l-kesim sanaladi. Fe'l-kesimlar quyidagi ko'rinishlarga ega: a) sof fe'l-kesimlar: Men maktabga boraman; b) ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi; d) sifatdosh bilan ifodalangan kesim: Botir xatni kecha yuborgan. 1-mashq. Gaplarni yozing. Fe'l-kesimlarni topib, qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganligini tushuntiring. 1. O'qituvchining savoliga o'quvchi o'ylab, to'g'ri javob berdi. 2. Biz erta bilan ota-onamizga salom berib, so'ng nonushtaga o'tiramiz. 3. 9- A sinf o'quvchilari jamoat ishlarini yaxshi bajarishadi. 4. Bugun bizning maktabimizga juda ko'p ...

Joylangan
30 Aug 2023 | 08:16:47
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.5 MB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Aug 2023 [ 08:16 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.5 MB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx