11-sinf O'zbek tili dars ishlanma. Omonim so'zlar. Muomala odobi. Mavzuga oid qadriyatlar

11-sinf O'zbek tili dars ishlanma. Omonim so'zlar. Muomala odobi. Mavzuga oid qadriyatlar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf O'zbek tili dars ishlanma. Omonim so'zlar. Muomala odobi. Mavzuga oid qadriyatlar - rasmi

Material tavsifi

11-sinf O'zbek tili Omonim so'zlar. Muomala odobi: Mavzuga oid qadriyatlar 87-DARS 5-topshiriq. Tinglang. Eslab qoling. Savollarga javob bering. Savollarga javob bering. 1. Qo'lingiz dard ko'rmasin, juda shirin osh bo'libdi. 2. Bo'sh kelma, bolam, musobaqada raqibingdan osh. 3. Qo'y, bu fikringdan qayt. 4. Semizlikni qo'y ko'taradi. 5. Hujjatga imzo qo'y. 6. Marhamat, uyga kir. 7. Kiyimingni kir qilma. 8. Yangi rusumdagi kir mashinasi ishingizni yengillashtiradi. 9. Qari kelsa oshga, yosh kelsa ishga. 10. Bekorga ko'zdan oqqan yosh. 3-mashq. Gaplarni o'qing. Omonim so'zlarni aniqlab, mazmunini tushuntiring. 4-mashq. O't, to'p, kech so'zlari yordamida 6 ta gap tuzing. Ikki gapdagi har bir so'z ikki xil ma'noni bildirsin. 6-topshiriq. Matnni o'qing. Berilgan savollar asosida o'zaro suhbatlashing. Savollar 7-TOPSHIRIQ. ESLAB QOLING VA UNGA AMAL QILING! Iste'mol madaniyati Iste'mol madaniyati bevosita oila xo'jaligini oqilona yuritish, ya'ni oila iqtisodini rejalashtirish bilan bog'liq. Har bir oilada uning a'zolari tejamkorlikka alohida e'tibor qaratishi lozim. Oiladagi tejamkorlik - bu xasislik yoki ziqnalik emas, balki uning mazmunida oila mablag'ini qattiq nazorat qilish, halol mehnat evaziga kelgan pul va ro'zg'or anjomlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklarni qadrlash, asrab-avaylash; iqtisod ilmini chuqur bilish; ehtiyotkorlik, nafsni idora etish; manmanlikdan o'zini tiyish; har bir narsadan unumli foydalana bilish mahoratiga ega bo'lish demakdir. UYGA VAZIFA Oilada tejash kerak bo'lgan buyum va narsalarning ro'yxatini tuzing. Tejamkorlik va isrofning farqini misollar bilan tushuntiring. Foydalanilgan adabiyot O'zbek tili: [matn] ta'lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan o'rta ta'lim muassasalarining 11-sinfi va o'rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o'quvchilari uchun darslik. X. S. muhitdinova [va boshq.]. - Toshkent: DAVR NASHRIYOTI, 2018. - 192 b. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.39 MB
Ko'rishlar soni 208 marta
Ko'chirishlar soni 44 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.39 MB
Ko'rishlar soni 208 marta
Ko'chirishlar soni 44 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga