Axloq va huquq Kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchi qoidalar tizimi axloq hisoblanadi. O'zbekiston hududida ming yillar davomida shakllangan milliy axloq normalari milliy huquq tizimimizning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Huquq tushunchasini tushuntirish oson bo'lishi uchun huquqni biz xulq-atvor qoidalari deb ataydigan tushuncha bilan bog'liqlikda o'rganish maqsadga muvofiqdir. Huquq xulq-atvor normalari yoki qoidalari yig'indisidan iboratdir. Lеkin bu normalar yoki qoidalar yaxlit, tartibli tizim holida namoyon bo'ladi. Ana shu tizim davlat tomonidan bеlgilab qo'yilgan va ijozat bеrilgan bo'li shi shart. Huquq albatta davlat irodasini ifodalaydi. Huquqiy davlatda davlatning irodasi jamiyat, xalq irodasi bilan mos tushganligi sababli bunday davlatda huquq jamiyat yoki xalq irodasini ifodalaydi dеb ta'kidlash mumkin. Huquqqa oid normalar va qoidalarda bayon etilgan talablar jamiyatning barcha a'zolari tomonidan bajarilishi majburiydir. Ya'ni huquqqa oid normalar va xulq-atvor qoidalari umummajburiydir. Huquq dastlab axloqiy qarashlar, qadriyatlar negizida vujudga kelgan. Keyinchalik esa huquqiy davlat tomonidan o'rnatilgan yoki ma'qullangan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidalarining tizimiga aylangan. Huquq atamasi ikki obyektiv hamda subyektiv huquq ma'nosida qo'llaniladi. Obyektiv huquq - huquq normalarining yig'indisi. Subyektiv huquq esa ma'lum bir shaxs yoki guruhga tegishli bo'lgan huquq. Huquq quyidagi vazifalarni bajaradi: Tartibga solish, Qo'riqlash Tarbiyalash. Bu esa o'z navbatida huquq funksiyalarida namoyon bo'ladi. Huquq funksiyalari Tartibga solish Qo'riqlash Tarbiyalash Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni va alohida shaxs xulq-atvorini kerakli yo'nalishga solish. Huquqiy muhofaza va yuridik mas'uliyat choralarini, ularni qo'llash tartibini o'rnatish. Turmushda nimalarni qilish mumkin, nimalar taqiqlanadi. Har xil vaziyatlarda qanday harakat qilish lozimligini belgilashdan iborat. Zarur bo'lganda majburlash uslubini, hatto jazolashni ham nazarda tutadi. Huquq ...

Joylangan
08 Sep 2023 | 07:51:38
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.05 MB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Sep 2023 [ 07:51 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.05 MB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx