8-sinf Huquq dars ishlanma. Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari

8-sinf Huquq dars ishlanma. Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Huquq dars ishlanma. Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari 8-sinf O'zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 29-mavzu Bola manfaatlariga bo'lgan holatlardan tashqari, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o'z ota-onasini bilish, ularning g'amxo'rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega. Ayrim sabablarga ko'ra bolaning ota-onasi bo'lmaganda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta'minlanadi. Voyaga yetmagan bola o'z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlari uning otaonasi, ota-onasi yo'q bo'lsa, ota-onasining o'rnini bosuvchilar, vasiylik va homiylik idoralari, prokuratura, sud tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bolaning hayoti yoki sog'lig'iga xavf tug'ilganligidan, uning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo'lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma'lum qilishi shart. Shunday ma'lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko'rishi shart bo'ladi. Ota-ona o'z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo'ladigan munosabatlarda, shu jumladan, sudda alohi da vakolatlarsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar. Oilada voyaga yetmagan bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o'z fikrini ifoda qilishga, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki ma'muriy muhokama davrida so'zlashga haqlidir. Har qanday ota-ona o'z farzandlariga o'zaro kelishib, yoki yaqin qarindosh-urug'lari maslahati bilan ota-onasining ismiga ko'ra, yoki o'zlari xohlagan ismni qo'yishlari mumkin. Odatda, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Agar ota-ona turli familiyalarda bo'lsa, ularning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi berilishi mumkin. Ota-onaning xoxishiga ko'ra milliy an'analarga ko'ra ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo'yicha familiya berilishi mumkin. Shuningdek, ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. Voyaga yetmagan bola o'z ota-onasidan yoki boshqa insonlardan qonun doirasida ta'minot olishga haqli. Bunda bolaga tegishli har qanday mablag', xoh u pensiya bo'lsin, xoh boshqa turdagi nafaqa bo'lsin, uning ota yoki onasi tomonidan uning ta'minoti, ta'lim-tarbiya olishi uchungina sarflanishi kerak bo'ladi. Qolaversa, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo'lishi ham mumkin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin. Savol va topshiriqlar: 1. Har qanday bolaning o'z oilasida qanday huquqlari mavjud? 2. Agar voyaga yetmagan bolaning ota-onasi bo'lmasa, uning huquqlari baja rilishi kim tomonidan ta'minlanadi? 3. Oilada voyaga yetmagan bolaning manfaatlariga taalluqli masala hal qili nadigan holda bolaning qanday huquqlari borligini ayting. 4. Bolaga ism qanday va kim tomonidan beriladi? 5. Necha yoshga to'lgandan keyin voyaga yetmagan bolaning ismi va familiyasi o'zgartirilishi uchun uning roziligi so'raladi? 6. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.52 MB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.52 MB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga