9-sinf Huquq dars ishlanma. O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati

9-sinf Huquq dars ishlanma. O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Huquq dars ishlanma. O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati - rasmi

Material tavsifi

Mustahkam xavfsizlik, barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholi turmush darajasini ko'tarish, konstitutsion tuzum asoslarini mustahkamlash, millatlar ahilligini, xalqlar do'stligini ta'minlash, fuqarolar erkinliklari va haq-huquqlarini muhofaza qilish mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy maqsadlari hisoblanadi. O'zbekiston tashqi siyosatning asosiy yo'nalishlari Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 2012 yil sentabrda qonun asosida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi xalqaro hamjamiyatda katta aks-sado berdi. Davlatimiz rahbari ushbu hujjatning o'ta muhim ahamiyatga ega ekanligini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 21 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo'llagan bayram tabrigida alohida ta'kidlab o'tdi. Tashqi siyosiy faoliyatga aloqador bo'lgan masalalar majmuasini chuqur o'rganish bo'yicha birgalikda quyidagi katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi: Birinchidan, Konsepsiya O'zbekistonning istiqlol davridagi 20 yillik taraqqiyoti va o'zbek davlatchiligining boy tarixiy tajribasini inobatga olgan holda tayyorlandi. Ikkinchidan, tashqi siyosat sohasida konseptual hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish borasida rivojlangan davlatlar tajribasi diqqat bilan tahlil etildi va o'rganildi. Uchinchidan, mintaqamizda va xalqaro maydonda vujudga kelayotgan hozirgi vaziyat, mamlakatimiz atrofida shakllanayotgan murakkab geosiyosiy shart-sharoitlarning o'ziga xos xususiyatlari hamda Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta'minlash kabi dolzarb masalalar har tomonlama O'zbekiston manfaatlari nuqtai nazaridan inobatga olindi. Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi milliy xavfsizligimizni yanada mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta'minlash, iqtisodiy o'sishning yuqori ko'rsatkichlarini saqlab qolish, yurtimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga hamda fuqarolik jamiyatiga asoslangan ochiq demokratik davlat qurish vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish uchun imkon qadar qulay tashqi sharoitlarni yaratish talablariga javob beradi. To'rtinchidan, tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi mamlakatimiz qonunlari va boshqa ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.67 MB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.67 MB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga