11 sinf Biologiya darsligi asosida. 47-maktabning biologiya fani o'qituvchisi Lukchayeva Sabohatning Hayotning ekosistema darajasi xususiyatlari. Biogeotsenoz - biologik sistema mavzusida tayyorlagan DARS ISHLANMASI Biogeotsenoz (yunoncha «bios» - hayot, «ge» - yer va «koinos» - umumiy so'zlaridan olingan) evolutsiya jarayonida ma'lum bir hududni egallagan har xil turga mansub bakteriya, zamburug'', o'simlik va hayvonlar jamoasidan iborat ochiq biosistemadir. Biogeotsenoz haqidagi ta'limotni rus botanik olimi V.N. Sukachev yaratgan. Yer yuzida tabiiy jamoalar uchramaydigan joy deyarli yo'q. Hayot biogeotsenozlar shaklida atrof-muhitning qariyb barcha qismlarini egallagan. Bu o'z navbatida biogeotsenozlarning hayot tuzilish darajasidan biri sifatida muhim ahamiyatini belgilaydi. Biogeotsenozlar har qanday biosistemalar kabi bir butun, barqaror tizim bo'lib, uning bu xususiyatlari moddalarning davriy aylanishi orqali ta'minlanadi. Biogeotsenoz tuzilishi va xususiyatlarini ekologiyaning alohida bo'limi - biogeotsenologiya o'rganadi. Biogeotsenoz tabiatning abiotik omillari hamda moddalar va energiya almashinuvi orqali uzviy bog'langan ma'lum bir hududda yashovchi tirik organizmlar jamoalarini o'z ichiga oladi. Biogeotsenoz barqaror, o'zo'zini boshqaradigan biologik sistema bo'lib, bunda tirik organizmlar (mikroorganizmlar, o'simliklar, hayvonlar) anorganik tabiatning tarkibiy qismlari (suv, tuproq, iqlim) bilan o'zaro bog'langan. Hayotning biogeotsenoz darajasiga xos xususiyatlari. Biogeotsenozlar ham hayotning barcha tuzilish darajalariga xos, ya'ni strukturasi, hayotiy jarayonlari va tabiatdagi ahamiyati kabi xususiyatlari bilan ta'riflanadi. Biogeotsenoz darajasida kuzatiladigan eng muhim jarayonlar: turlarning hayotini ta'minlovchi biomassaning sintezlanishi; turlar soni doimiyligining boshqarilishi; biosistemaning barqarorligini ta'minlovchi moddalar va energiya oqimi hisoblanadi. Biogeotsenozlar. Biogeotsenozlarda tabiatning xilma-xil turlari o'rtasida o'zaro munosabatlar kuzatiladi. Biogeotsenozlar moddalarning davriy aylanishida ishtirok etadi. Biogeotsenozlarning xilma-xilligi hamda uzoq muddat davomida mavjud bo'lishi biosferaning evolutsiyasini ta'minlaydi. Ekosistema tushunchasi. «Ekosistema» atamasi 1935-yilda angliyalik botanik olim A. Tensli tomonidan fanga ...

Joylangan
11 Sep 2023 | 21:39:07
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.78 MB
Ko'rishlar soni
607 marta
Ko'chirishlar soni
267 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Sep 2023 [ 21:39 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.78 MB
Ko'rishlar soni
607 marta
Ko'chirishlar soni
267 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx