G'uzor tumani XTB ga qarashli 47-umumiy o'rta ta'lim maktabi BIOLOGIYA fani o'qituvchisi SUYUNOVA MANZURAning 11-sinf uchun TAQDIMOTI 4-laboratoriya mashg'uloti. Mavzu: Umurtqali hayvonlar misolida aromorfoz, idioadaptatsiyalarni o'rganish. Lаbоrаtоriya mashg'ulоtining mаqsаdi: evolutsiyaning turli yo'nalishlarini o'rganish asosida hayvonot dunyosidagi aromorfoz, idioadaptatsiyalarni hamda ularning ahamiyatini aniqlash. Lаbоrаtоriya jihоzlаri: baliq, suvda hamda quruqlikda yashovchi hayvonlarning ho'l preparatlari, sudralib yuruvchi, qush, sutemizuvchi hayvonlarning mulyajlari. Ishning borishi: 1. Baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilarning tuzilishini o'rganing. Ulardagi aromorfoz va idioadaptatsiyalarni aniqlang. Aromorfoz Organizmlar tuzilishini yuqori darajaga ko'taradigan va yangi muhitda foYdali moslanish xususiyatiga ega boigan o'zgarish ekanligini bilamiz.Organik olam rivojlanishining dastlabki bosqichlarida uchta yirik aromorfoz yuz bergan: 1) jinsiy jara y o n , 2) fotosintez, 3) k o 'p hujayralilik. Jinsiy jarayonda erkak va urg'ochi jinsiy hujayralaming qo'shilishi bilan ota va ona genotiplariga, ya'ni har xil irsiy belgilar kombinatsiyasiga ega boigan organizmlar hosil boidi. Idioadaptatsiya (yun. Idios - maxsus, o'ziga xos va adaptatsiya), allomorfoz - organizmlar yashash tar-zining tashqi muhitning muayyan sharoitiga xususiy moslashuvi. Evolyusiyaning I.ga mos keladigan yo'nalish allogenez deyiladi. I. terminini rus olimi A. N. Seversov (1925) taklif etgan. I. organizmlar guruxining tuzilish darajasiga kuchli ta'sir ko'rsatmasligi bilan aramorfoz va regressiv o'zgarish - katamorfoz (morfofiziologik degeneratsiya)dan farq, qiladi. I. muayyan tuzilish darajasida adaptiv radiatsiyani ta'minlaydigan o'zgarish bo'lganligidan quyi taksonomik guruhlar (urug', oila, tur) uchun xos. I.ga misol tariqasida oziqlanish usuli va oziq turiga binoan qushlar tumshug'i tuzilishidagi farq qiluvchi belgilarni, o'simliklar gulining har xil usulda (shamol, suv yoki hasharotlar orqali) changlanishi, o'simliklar urug'ining har xil usulda (shamol, qushlar, sut emizuvchilar b.) ...

Joylangan
11 Sep 2023 | 21:39:07
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
392.17 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Sep 2023 [ 21:39 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
392.17 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx