6-sinf Botanika fanidan dars ishlanma. Gul - o'simlikning genetativ ko'payish organi

6-sinf Botanika fanidan dars ishlanma. Gul - o'simlikning genetativ ko'payish organi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Botanika fanidan dars ishlanma. Gul - o'simlikning genetativ ko'payish organi - rasmi

Material tavsifi

47-maktabning biologiya fani o'qituvchisi Lukchayeva Sabohatning Gul - o'simlikning genetativ ko'payish organi mavzusida tayyorlagan DARS ISHLANMASI Gul yopiq urug'li o'simliklarning jinsiy ko'payish organi bo'lib, shakli o'zgargan novdadir. O'simliklar qaysi siste-matik birlikka mansubligiga qarab gullari xilma-xil bo'ladi. Gul o'simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. Undan meva (urug') hosil bo'ladi. Gul - gul bandi, gul o'rni, gulqo'rg'on (gulkosa, gul-toj), changchi va urug'chidan tashkil topgan (40-rasm). O'simliklarning guli novdaga bandi bilan birikib turadi va unga gulband deyiladi. Gulbandning yuqori qismida biroz kengaygan joy - gulo'rni bor, unda gulning hamma qismla-ri joylashadi. Gulband shakli va o'lchami bilan bir-biridan farq qiladi. Tabiatda gulbandi rivojlanmaydigan o'troq gullar ham uchraydi. Gulkosacha - gulni tashqi tomondan o'rab turadigan qavat. U gulkosachabarglardan tashkil topgan. Gulkosacha, ko'pincha, yashil rangda bo'ladi. Gultoj - guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo'rg'on qavati. U gultojbarglar yig'indisidan iborat. Gultoj turli rangda bo'ladi. Changchi - gulqo'rg'on ichida joylashgan muhim qismi. U ikki qismdan: changdon va changchi ipidan tashkil top-gan. Changchi iplari changdonni ushlab turadi va gulo'rni bilan bog'laydi. O'simlikning turiga qarab changchilar bit-tadan bir nechtagacha bo'lishi mumkin. Changchi iplari alohida-alohida, qo'shilib yoki tutam hosil qilib gulo'rniga joylashadi. Ayrim gullarda changchi iplari bo'lmaydi. Urug'chi - gulning o'rtasi (markazi)da joylashgan eng muhim qismi. U tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat (42-rasm). Tuguncha - urug'chining kengaygan pastki qismi. Uning ichida urug'kurtak joylashgan. Tugunchadan meva hosil bo'ladi. Tugunchalar gulning boshqa a'zolariga nisbatan joylanishiga qarab ostki va ustki bo'ladi. Tuzilishiga ko'ra, tuguncha bir va ko'p uyali bo'ladi. Ustuncha - urug'chining o'rta qismi. U tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turadi. Uning ichi g'ovak bo'ladi. changdon chang ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga